O‘zbekiston – Vengriya strategik sherikligi: partiyalararo muloqotda yangi bosqich
Vengriyaga tashrif doirasida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov “Fides” partiyasi vise-prezidenti Kinga Gal xonim hamda Vengriya Milliy Assambleyasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Jolt Nemet bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatlarda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, partiyalararo va parlamentlararo muloqotni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Vengriyaga tashrif doirasida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov “Fides” partiyasi vise-prezidenti Kinga Gal xonim hamda Vengriya Milliy Assambleyasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Jolt Nemet bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatlarda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, partiyalararo va parlamentlararo muloqotni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonch va ochiq muloqot ikki mamlakat hamkorligining asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy loyihalar, qo‘shma investisiya tashabbuslari, sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat, ta’lim, turizm va madaniy almashinuv sohalarida o‘zaro faol hamkorlik yuritilmoqda.
Uchrashuvlarda aynan shu yo‘nalishlardagi istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, ikki davlat siyosiy partiyalari va parlamentlari o‘rtasidagi doimiy muloqotni muhkamlash muhim ekani qayd etildi. Vengriya bugun O‘zbekistonning Yevropadagi eng ishonchli va faol sheriklaridan biri sifatida, o‘z navbatida, mintaqadagi qator yirik tashabbuslarimizga amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelayotgani ta’kidlandi.
Mazkur tashrif va uchrashuvlar O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi hamda parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.