Dushanba 10-Mart 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi va uning istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

24.02.2025
156

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida OʻzLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi va uning istiqbollari” mavzusidagi o‘rganishlar muhokamasi va amaliy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari va partiya faollari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassis-ekspertlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Loyiha nogironligi bor shaxslar uchun to‘siqsiz va xavfsiz harakat, iqtisodiy va huquqiy imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy tenglik, inklyuziv ta’lim, ularning bandligi kabi masalalarini o‘z ichiga oladi.

Tadbirda O‘zLiDePning “5 maqsad, 500 vazifa” dasturida belgilangan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus dasturlar va ijtimoiy yordamlar, jumladan ta’lim va kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha xizmatlarni kengaytirish, ular uchun moslashuv va qulayliklar, shu jumladan infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish, jamoat joylari, transport va davlat xizmatlariga kirish imkoniyatini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar bilim yurtlari, oliy ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning bevosita uzluksiz ta’lim olishida yaqindan ko‘maklashish; ta’lim muassasalarida “O‘zLiDePchi madadkor” ko‘ngilli yoshlar klublarini tashkil etish va mazkur klublar saflarida birlashgan yoshlarni imkoniyati cheklangan tengdosh do‘stlarini ma’nan qo‘llab-quvvatlash, ularga zaruriy insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatishga chaqirish kabi masalalar ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Tadbir davomida O‘zLiDeP g‘oyalariga hayrixohbo‘lgan talabalar va uztozlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?