Özbekistonning texnologik va innovatsion taraqqiyot yölini belgilab bergan strategiya
Murojaatnoma dunyo jamoatçiligi e’tiborida
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi, qolaversa, uşbu hujjat asosida işlab çiqilgan va hozirgi kunda “regulation.gov.uz” saytida muhokamaga qöyilgan 2026–2030 yillarga möljallangan va yangi samaradorlik körsatkiçlarini özida aks ettirgan “Özbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi nafaqat Özbekiston aholisi, balki dunyo jamoatçiligining ham diqqatini öziga tortayotgani e’tiborga loyiq.
Masalan, AQŞning “Diplomatic Watç”, Vengriyaning “Helló Magyar”, Pokistonning “The Diplomatic Insight” va “Islamabad Post”, Ozarboyjonning “Trend” naşrlari, “Eurasiamagazine.com”, “Centreline.com”, “Eurasia Review” internet-naşrlari, “Euronews”, “Associated Press of Pakistan”, “Anadolu” axborot agentliklari, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va boşqa köplab davlatlar “aql markazlari” tomonidan Şavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi çuqur tahlil etilayotganligi, şu asnoda mamlakatimizning ötgan yillarda olib borgan içki va taşqi siyosatiga oid ibratli jihatlariga ob’yektiv baho berilganligini köriş mumkin.
Xususan, Vengriyaning “Helló Magyar” naşrida e’lon qilingan tahliliy maqolada, Özbekiston dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramasdan, barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaşga muvaffaq bölgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etiladi va bu mamlakat öz tarixida ilk bor YAIM darajasini 145 mlrd AQŞ dollari darajasiga olib çiqa olganiga urğu berilib, bularning barçasi mamlakatda uzoqni közlab amalga oşirilayotgan izçil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasi sifatida baholaydi.
AQŞning “Diplomatic Watç” jurnali esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi asosida işlab çiqilayotgan yangilangan “Özbekiston – 2030” strategiyasini tayyorlaşda faqat mutaxassislar emas, keng jamoatçilik, fuqarolik jamiyati institutlari faol iştirok etayotganiga alohida urğu beradi va aholining hayoti yaxşilanişi boş maqsad qilib qöyilgan uşbu muhim strategik hujjatning işlab çiqilişi oçiq muhokamalar va fikr bildiriş tartibida amalga oşirilayotganligi uning jamiyatni rivojlantirişning real vositasiga aylantirişi aniqligiga urğu beradi.
“Eurasiareview.com” naşri ham “Tahririyat fikri” rukni ostida “2025 yil Yangi Özbekiston yili böldi” sarlavhasi ostida katta tahliliy maqola e’lon qilgan va unda boşqa bir jihat, ya’ni Özbekistonning taşqi siyosati bilan boğliq muvaffaqiyatlariga urğu berib ötiladi. Jumladan, maqolada “mamlakat dunyoning barça qismlarida hamkorlik munosabatlarini yölga qöyiş orqali nihoyatda muvaffaqiyatli taşqi siyosatni şakllantira boşlaganligi”, “Özbekiston bugungi kunda AQŞ, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Yaqin Şarq va boşqa davlatlar hamda mintaqalarning e’tibor markazida turganligi, uşbu yirik öyinçilarning har biri jahonda tobora inqiroziy holatlar kengayib borayotgan bir pallada butun dunyoda haqiqiy işonçli hamkor sifatida işonç qozona olgan Özbekiston bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va rivojlantirişga harakat qilayotgan”iga alohida urğu beradi.
Bu kabi ijobiy baholar yuqorida tilga olingan boşqa nufuzli naşrlarda ham keltiriladi. Ta’kidlab ötiş kerakki, dunyo jamoatçiligi örtasida hamda qator tahliliy markazlarda uşbu Murojaatnomaga xolisona munosabat bildiriş, Prezident ma’ruzasini tahlil qiliş natijalarini e’lon qiliş davom etmoqda.
Katta e’tibor yoki raqamlar ortida nima turibdi?
Xöş, mamlakat rahbarining Murojaatnomasiga nafaqat Özbekiston, balki jahon jamoatçiligi, siyosiy, iqtisodiy doiralari tomonidan katta qiziqiş bildirilayotganligi zamirida nimalar turibdi?
Fikrimizça, avvalo, Markaziy Osiyoning eng yirik davlati yaqin va örta kelajakda özi uçun qanday rivojlaniş istiqbollarini belgilab olayotganligi, albatta, bugun Özbekistonga qiziqiş bilan qarab turgan xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortganligi tabiiy hol.
Ikkinçidan, Özbekistonning amalda öz taraqqiyotidagi yangi sifat darajasiga – texnologik-innovasion rivojlaniş bosqiçiga ötayotganligi, mamlakatning keyingi rivojiga doir mutlaqo yangiça yondaşuvlar, ilgari bölmagan darajada mahobatli va keng qamrovli maqsad va rejalar belgilab olinganligi ham “aql markazlari”ning e’tiborini tortmasdan qolmadi.
Ayniqsa, Murojaatnomada ta’kidlanganidek, qisqa muddatda, ya’ni 2030 yilgaça mamlakat iqtisodiyoti hajmini 240 mlrd dollardan oşirişdek juda ulkan vazifa qöyilmoqda. Vaholanki, dastlab qabul qilingan “Özbekiston – 2030” strategiyasida bu körsatkiç 160 mlrd dollarga teng edi.
Demak, şuning öziyoq Özbekiston iqtisodiyoti qanday tezlik bilan ösib borayotgani va mamlakat öz oldiga qançalik ulkan vazifani belgilab olayotganligini körsatadi. Asosiysi, mazkur körsatkiçlar öz-özidan paydo bölib qolgani yöq. Balki juda jiddiy asoslarga tayangan holda işlab çiqilgan bölib, yurtimizning ötgan yillar içida bosib ötgan taraqqiyot yöli bugun şunday katta maqsadlarni qöyişga yetarliça asos yaratdi. Uşbu prognozlarni Xalqaro valyuta jamğarmasi va nufuzli ekspertlar tasdiqlagani ham mazkur körsatkiçlarning pişiq-puxta işlab çiqilganligidan dalolat beradi.
Eng muhimi, ana şunday natijalarga erişiş orqali Özbekiston yaqin yillarda öz tarixida ilk bor daromadi jon boşiga örtadan yuqori bölgan mamlakatlar safidan joy olişi hisoblanadi.
Xöş, rivojlanişning mazkur darajasiga ötiş Özbekiston uçun nimani anglatadi?
Aslida, Prezidentimiz qisqa satrlarda ifodalagan uşbu maqsad iqtisodiyotdagi navbatdagi miqdoriy ösişnigina anglatmaydi, nafaqat iqtisodiyotda, balki jamiyatda juda çuqur ijobiy özgarişlarga olib keladigan konseptual yangilanişlarni özida mujassam etadi. Uşbu özgarişlar mamlakatning dunyodagi yangi qiyofasi va darajasini şakllantirişga töğridan-töğri ta’sir qiladi. Daromadi jon boşiga örtadan yuqori bölgan davlatlarga dunyodagi yirik investorlarning munosabati özgaradi, bunday mamlakatlar bozorlariga yangi investorlar barobarida yirik xalqaro kompaniyalarning qiziqişi ortadi.
Bu mamlakatlar iqtisodiyotining xususiyati özgara borib, ular iqtisodiyoti uçun faqat miqdor va son jihatdan ösişga asoslangan ösiş emas, sifat jihatdan özgarişlarga asoslangan ösiş asosiy maqsadga aylanadi, işlab çiqariş unumdorligi, innovatsiya va texnologiyalar, boşqariş sifati, yuqori qöşimça qiymatli eksport, inson kapitali kabi körsatkiçlar birinçi öringa çiqadi.
Iqtisodiyotdagi özgarişlar bilan boğliq ravişda taraqqiyotning uşbu darajasiga çiqqan davlatlarda ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim va soğliqni saqlaş, şahar infrastrukturasi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini ta’minlaş sifatiga qöyiladigan talab kuçayadi.
Bularning barçasi oxir-oqibat jamiyatning qiyofasini özgartiradi. Aholi tarkibida örta qatlamning uluşi tobora kengayib, kambağallik darajasi kamayadi, aholining xarid quvvati oşib, sifatli ta’lim, soğliqni saqlaş, xizmat körsatiş, uy-joy sotib oliş va dam oliş imkoniyati oşib boradi.
Şularning öziyoq mazkur Murojaatnomada aniq belgilab bergan maqsad – daromadi jon boşiga örtadan yuqori davlatlar qatoriga kirişga erişiş ortida qanday keng kölamli özgarişlar, avvalo, iqtisodiyotni, umuman jamiyatni, fuqarolarning farovonlik darajasini özgartirib yuborişga qodir yangilanişlar turganligini tuşunib olişga asos böladi.
Albatta, bunday özgarişlar oxir-oqibatda insonlarning hayotdan roziligini oşirişga xizmat qiladi. Vaholanki, aynan şu maqsad keyingi töqqiz yilda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini taşkil qiladi, desak mubolağa bölmaydi.
Köryapsizmi, maslak aniq. Muhimi, uşbu uluğvor maqsadni amalga oşiriş uzoq muddatlarga belgilangan orzu emas, balki 2030 yilgaça amalga oşirilişi kerak bölgan aniq strategik yöl sifatida belgilab berilganligidir.
Taraqqiyotning texnologik-innovasion ösiş modeliga ötiş
Xöş, qanday omillar hisobiga Özbekiston qisqa muddatda bunday katta vazifani uddalamoqçi? Murojaatnomaning asosiy nuqtasi qayerda?
Mamlakatimiz öz oldiga qöyayotgan katta maqsadlarga nisbatan qisqa muddatda erişiş faqatgina iqtisodiyotning an’anaviy yönalişlarida işlab çiqariş hajmini oşiriş bilan birmunça qiyin, albatta. Şunday murakkab bir şaroitda mamlakat rahbari ezgu maqsadlarga erişişning birdan-bir yölini Murojaatnomada aniq körsatib berdi – Özbekiston iqtisodiyotini texnologik va innovasion ösiş modeliga ötkaziş. Mamlakat iqtisodiyotining barça sohalarini uşbu ösiş modeliga ötkaziş kelgusi yillarda davlatimiz iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining asosiy yönalişi sifatida belgilandi.
Texnologik va innovasion ösiş modeli – bu iqtisodiyotni harakatga keltiruvçi asosiy kuç sifatida tizimli ravişda yangi texnologiyalar, bilimlar va innovatsiyalarni yaratiş, joriy qiliş, şu orqali yuqori texnologik iqtisodiyotni şakllantirişga, işlab çiqariş samaradorligini va raqobatbardoşligini oşirib borişga, uzoq muddatli barqaror rivojlanişni ta’minlaşga asoslanuvçi iqtisodiy model hisoblanadi. Bunday taraqqiyot modelida rivojlaniş, avvalo, inson kapitali, ilm va innovatsiyalarga investitsiyalar kiritiş hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Uşbu modelga ötiş innovatsiyalar va texnologiyalarni iqtisodiy ösişning asosiy generatoriga aylantirib, mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy ösiş istiqbollarini ta’minlab beradi, yangi mahsulotlar yaratilişi asosida xalq xöjaligida zamonaviy yönalişlarning, qolaversa uşbu mahsulotlar atrofida yangi bozorlarning vujudga kelişiga, mahsulotlar raqobatbardoşligining oşişiga turtki beradi. Qolaversa, yangi texnologik darajadagi işlab çiqariş unda işlay oladigan yuqori malakali işçilar sonining oşib borişiga, demakki, ta’lim tizimining mutlaqo yangi talablar asosida qayta qurilişiga, sifat jihatidan takomillaşib borişiga öziga xos drayver vazifasini bajaradi.
Şu örinda Özbekiston özi uçun belgilab olayotgan yangi ösiş modeli bevosita “Industriya 4.0” yoki boşqaça aytganda, “Törtinçi sanoat inqilobi” talablari bilan bevosita boğliq ekanini hisobga olsak, Murojaatnomada ilgari surilgan vazifa amalda mamlakat iqtisodiyotini tizimli ravişda “Törtinçi sanoat inqilobi” talablari darajasiga moslaştirişni ham anglatişini tuşuniş qiyin emas.
Mamlakat iqtisodiyotiga bunday zamonaviy yondaşuvlarning kirib kelişi nafaqat mamlakat iqtisodiyoti hajmini belgilangan 240 mlrd dollar darajasiga olib çiqiş, balki yalpi içki mahsulot tarkibini özgartirişga, unda yuqori qöşilgan qiymatli innovasion mahsulotlar uluşining oşişiga, işçi kuçi sifat tarkibining özgarişiga va qator boşqa ijobiy özgarişlariga asos yaratadi.
Murojaatnomaning muhim jihati, unda faqatgina mamlakatning texnologik va innovasion ösiş modeliga ötişi zarurligini asoslaş bilan çeklanilmagan, balki bu yölda hal qilinişi kerak bölgan vazifalar doirasi ham aniq körsatib berilgan. Jumladan,
– erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning maşhur brendlarini jalb qiliş;
– yangi texnologik bosqiçga ötiş va qöşilgan qiymat zanjirini kengaytiriş böyiça sanoatni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş;
– sanoatda “unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oşiriş” dasturini boşlaş;
– biznes jarayonlarini raqamlaştiriş, ilğor texnologiyalar transferini amalga oşiriş;
– mahsulotlar raqobatbardoşliligini oşiriş uçun texnik tartibga soliş maqsadida “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga ötişda muhim bölgan aniq yönalişlar belgilab berildi.
Uşbu vazifalarning barçasi bajariliş muddatlari bilan yangilangan “Özbekiston – 2030” strategiyasida öz aksini topadi.
E’tiborni tortadigan muhim jihatlardan yana biri “Törtinçi sanoat inqilobi markazi” taşkil etilib, uning negizida robototexnika, internet buyumlari, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yeçimlarini sanoat korxonalarida joriy etiş uçun “tartibga soliş mexanizmlari” yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratilganligidir. “Industriya 4.0”ning özi bugun öz kelajagini öylagan davlatlar juda katta e’tibor bilan qarayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
“Törtinçi sanoat inqilobi” terminini ilmiy doiralarga kiritgan Davos xalqaro iqtisodiy forumi asosçisi va rahbari K. Şvab uşbu jarayonlar dunyo iqtisodiyotining barça jabhalarini tubdan özgartirib yuboruvçi juda katta kuçga ega ekanini ta’kidlaydi. K. Şvab fikriça, “Törtinçi sanoat inqilobi” bilan boğliq transformatsiya jarayonlarida iqtisodiyoti katta yoki kiçikligidan qat’iy nazar, uşbu özgarişlarni tezroq öziga joriy eta olganlar ğoliblar safida böladi.
Mana şu fikrlarning öziyoq Özbekiston Prezidenti Murojaatnomada mamlakat iqtisodiyotini texnologik va innovasion ösiş modeliga ötkaziş, uning doirasida “Törtinçi sanoat inqilobi” texnologiyalarini işlab çiqarişga joriy eta boriş tizimini şakllantiriş masalalarini davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalar qatorida qöyganligi zamirida uzoqni közlab ilgari surilgan strategik qaraş yotganini yana bir bor isbotlaydi.
Kompleks yondaşuv va ötgan yillar tajribasiga tayangan taşabbus
Murojaatnomada oltita yönalişda ustuvor vazifalar ilgari surilgan bölsa, har bir yönaliş böyiça mutlaqo özgaça yondaşuvlar ilgari surilgani va ularning bir-biri bilan yaxlit ravişda yagona yondaşuv taşkil qilganini köriş mumkin.
Xususan, uçinçi ustuvor yönaliş bölmiş içki bozorda talabni rağbatlantiriş yönalişida servis sohasini iqtisodning “drayveri”ga aylantiriş, törtinçi ustuvor yönaliş doirasida kasblarni rivojlantiriş va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş, beşinçi ustuvor maqsad doirasida ilgari surilgan “yaşil energetika” va suv resurslaridan oqilona foydalaniş kabi vazifalar bunga yaqqol misol böla oladi. Ularning bu tarzda belgilanişi nafaqat xalq xöjaligining tegişli yönalişlarini yangi darajaga olib çiqişda muhim rol öynaydi, balki uşbu vazifalar Özbekiston öz oldiga qöyayotgan yangi marra – texnologik va innovasion ösiş modelining ajralmas qismlari ham hisoblanadi. Mana şunday kompleks yondaşuv mamlakatimizning texnologik ösiş modeliga ötiş yölining xususiyatlarini belgilab beradi.
Yana bir muhim jihat – Özbekistonda rivojlanişning uşbu modeliga ötiş fikri birdaniga bugun şakllanib qolgani yöq. Balki Murojaatnomada mazkur ğoyaning ilgari surilişi asosida Özbekistonda ötgan töqqiz yil davomida qölga kiritilgan yutuqlar, barça sohalarda qölga kiritilgan natijalar turibdi, desak mubolağa bölmaydi. Haqiqatdan ham biror bir iqtisodiyot agar har tomonlama tayyor bölmasa bunday çuqur transformatsiyani amalga oşira olmaydi. Özbekistonning ötgan yillardagi taraqqiyot yöli bugunga kelib ana şunday çuqur özgarişlarni amalga oşiriş poydevorini yaratdi.
Buni Murojaatnomada keltirilgan quyidagi fikrda ham köriş mumkin: “Sönggi töqqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yölini bosib ötdik. Iqtisodiyotimiz yangidan şakllandi, bozor munosabatlarini, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini ta’minladik. ...Bir söz bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijalarga aylantirişni örgandik”.
Islohotlarning hozirgi darajasini baholar ekan, Şavkat Mirziyoyev: “Biz Yangi Özbekistonni barpo etişda hal qiluvçi bosqiçga qadam qöymoqdamiz. Bu yöldagi işlarimiz har bir soha tarmoqda çuqur transformatsiyani talab qiladi”, deya ta’rif berdi.
Demak, aynan ötgan töqqiz yildagi aniq maqsadli islohotlar uni bugungi hal qiluvçi bosqiçga olib çiqqanligini körsatib turibdi.
Ötgan yillar mamlakat iqtisodiyotini, boşqaruv tizimini va umuman jamiyatni taraqqiyotning mutlaqo yangi sifat darajasiga – texnologik va innovasion rivojlaniş bosqiçiga ötişi uçun öziga xos asosini şakllantirdi, deb bemalol ayta olamiz.
Masalan, Şavkat Mirziyoyev davlat rahbarligiga kelgan ilk davrdanoq dunyoning kelajak taraqqiyot trayektoriyasini aniq prognozlaş asosida 2018 yilni Özbekistonda “Faol tadbirkorlik, innovasion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” deb e’lon qilganligi va yil dasturida kelajakni közlab bir qator muhim yönalişlar aks ettirilganligi, 2020 yil qabul qilingan “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi, 2024 yil 14 oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori, 2024 yil 14 maydagi “Hududlarda yoşlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni örganiş uçun qöşimça şaroitlar yaratişga qaratilgan “IT-şaharça”lar faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori va köplab boşqa muhim normativ-huquqiy hujjatlar Özbekistonda raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi yondaşuvlarni joriy qişi uçun zarur huquqiy asoslarni yaratib berdi va ular asosida keng kölamda bugungi kun uçun eng dolzarb bölgan yönalişlarda tizimli işlarning amalga oşirilişi uçun asos yaratdi.
Davlat qurilişi, sud-huquq tizimidagi islohotlar
Texnologik-innovasion ösiş modeliga ötiş davlat boşqaruvidan nafaqat özining yangi texnologik darajaga moslaşişini, balki uşbu model qaror topişi uçun zarur şaroitlarni yaratişda taşabbuskor bölişini talab qiladi.
“McKinsey” agentligi tahlilçilari innovasion jarayonlarning muvaffaqiyatli borişida bevosita davlat iştirokiga boğliq bölgan beşta omilni körsatib ötişadi. Ular qatorida davlatning innovatsiyalar buyurtmaçisi sifatida maydonga çiqişi, innovatsiyalar uçun zarur infrastrukturani şakllantirişdagi faolligi, innovasion işlab çiqarişni moliyalaştirişdagi, yangi malakalar yaratişdagi örni, jamiyatda innovasion madaniyatni şakllantirişdagi ahamiyati kabi omillar örin olgan.
Ötgan töqqiz yilning tahlili Özbekistonda davlat boşqaruvini yangi davr talablariga moslaş borasida amalga oşirilgan tizimli işlar nafaqat uşbu, balki boşqa yönalişlarda ham davlatning faol iştirokini körsatadi.
Xususan, 2020 yilda qabul qilingan “Innovasion faoliyat töğrisida”gi qonun bilan innovatsiyalarga davlat buyurtmasini şakllantiriş, innovasion faoliyat uçun zarur huquqiy va taşkiliy şaroitlarni yaratiş, malakali kadrlarni tayyorlaş va boşqa masalalarda davlatning rolini belgilovçi normalar belgilab qöyildi.
Davlat rahbari farmoni bilan Özbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga möljallangan Innovasion rivojlaniş strategiyasi tasdiqlandi. Uning asosida innovasion texnoparklar, vençur kapital tuzilmalari, akseleratorlar va inkubatorlarlar tizimining şakllantirildi, inson kapitalini rivojlantiriş, ta’limning barça bosqiçlarida innovasion madaniyatni joriy etiş, kiçik va örta biznesning innovasion faoliyatini kengaytiriş yönalişlarida Özbekistonda öziga xos tizim yaratildi.
2020 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Özbekiston – 2030” Milliy strategiyasi esa telekommunikatsiya va davlat xizmatlaridan tortib, ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarigaça raqamli texnologiyalarni joriy etiş uçun asos yaratdi.
Hukumat infratuzilmani rivojlantirişga, jumladan, ma’lumotlar markazlarini qurişga, sud va tibbiyot sohalarida sun’iy intellekt tizimlarini joriy etişga, davlat xizmatlarini avtomatlaştirişga va raqamli platformalar orqali şaffoflikni oşirişga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Şunday qilib, Özbekistonda raqamli transformatsiya nafaqat texnologik yangilaniş, balki davlat institutlarini mustahkamlaşga, boşqaruv samaradorligini oşirişga va fuqarolik huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirişga katta hissa qöşmoqda.
Prezidentimizning tegişli farmon va qarorlari bilan innovasion faoliyatni moliyalaştiriş, zarur institusional infrastruktura va ekotizimni şakllantiriş, inson kapitali ravnaqini ta’minlaş kabi yönalişlarda ham davlatning örnini belgilovçi asoslar yaratib berildi.
Albatta, uşbu huquqiy va taşkiliy asoslar hamda ular asosida ötgan yillar davomida amalga oşirilgan tizimli işlar Özbekistonning bugungi kunda öz taraqqiyotida, mamlakat rahbari ta’kidlaganidek, hal qiluvçi bosqiçga çiqişiga asos yaratdi.
Murojaatnomada endigi bosqiçda davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimini yanada isloh qilişni yangi darajaga olib çiqiş borasida aniq vazifalar belgilab berilgan.
Davlat boşqaruvi bilan bir qatorda mamlakat hayotida fuqarolik jamiyatning örnini bundan keyin ham tizimli ravişda rivojlantirib boriş maqsadida fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqiş, söz va matbuot erkinligini ta’minlaş, sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlaştirişga qaratilgan işlarni izçil davom ettiriş ustuvor vazifa sifatida saqlab qolinişi islohotlarning mazkur davri uçun ustuvor vazifalar qatorida belgilandi.
Guvohi bölganimizdek, davlat boşqaruvi tizimini yangi talablar darajasiga moslaştiriş borasida ötgan yillar davomida amalga oşirilgan işlar mamlakatni öz taraqqiyotida texnologik va innovasion ösiş modeliga ötkaziş haqiqatda kompleks xarakter kasb etganligi va barça yönalişlar qamrab olinganligini körsatadi.
Milliy birlik zarurati
Özbekistonning bugun öz oldiga qöyayotgan yangi marralar miqyosi ham, Vatanimiz kelajagi uçun ahamiyati jihati ham ilgari bu darajada keng bölmagan. Aytiş mumkinki, bular juda ulkan maqsadlardir. Uşbu marralarga erişiş kelajakda Özbekistonning dunyo siyosati va iqtisodiyotidagi munosib örnini belgilaydi. Şuning uçun ham bu borada davlat va fuqarolik jamiyatining yakdil harakati, xalqimizning yagona maqsad atrofida birlaşişi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, Şavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganidek, “...biz uçun hozirgi global taraqqiyot davrida, dunyoda öta keskin va tahlikali jarayonlar yuz berayotgan bugungi kunda milliy birlik nihoyatda muhim va zarurdir”.
Ana şu muhim hayotiy zaruratni anglaş, oldimizda turgan muhim dovonlarga erişişda mahallaning rolidan kelib çiqib, 2026 yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb nomlanişida ham katta ma’no va mazmun bor, albatta.
Özbekiston öz oldiga qöygan uluğvor maqsadlarni amalga oşiriş şu jamiyatning barça böğinlaridan, jumladan, siyosiy partiyalardan ham bu jarayonlarda faollikni talab qiladi.
Eng avvalo, öz taraqqiyotida texnologik va innovasion ösiş davriga kirayotgan jamiyat siyosiy kuçlardan, birinçi navbatda mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar uçun mas’uliyatni zimmasiga olgan yetakçi – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan öz faoliyatini uşbu darajaga moslaşni talab qiladi. Faoliyatimizga dunyoning rivojlangan partiyalari kabi “ye-partiya” asoslarini joriy qiliş, taşkiliy işlardan tortib, aholi bilan muloqotga kirişiş tizimigaça raqamli texnologiyalardan foydalaniş amaliyotini kiritiş, ÖzLiDePdan saylangan deputatlik korpusi va partiya faollarini yangi davr talablari darajasida işlaş könikmalarini şakllantiriş va boşqa qator masalalar uşbu siyosiy kuçning kelajakda ham mamlakatdagi yetakçi partiya sifatida faoliyat yuritişida nihoyatda muhim örin tutuvçi masalalarga aylanmoqda.
Qolaversa, Özbekiston Prezidenti tomonidan qöyilayotgan muhim vazifa – global özgarişlar davrida milliy birlikni ta’minlaş masalasi, albatta, ÖzLiDePdan ham öz mafkuraviy qaraşlarini yanada takomillaştirişni, mamlakat taraqqiyoti uçun zarur pallada uning rivoji uçun befarq bölmagan barça aholi qatlamlarini davlat rahbari ilgari surayotgan muhim ğoyalar atrofida birlaşiş uçun zarur siyosiy-partiyaviy platformani jamiyatga taqdim qilişini kun tartibiga qöyadi.
Xulosa örnida
“Daromadi jon boşiga örtadan yuqori bölgan mamlakatlar qatoriga kiriş”;
“Özbekiston iqtisodiyotini texnologik va innovasion ösiş modeliga ötkaziş”;
“Industriya 4.0” yeçimlarini sanoat korxonalarida joriy etiş”;
“Yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş”.
Bir vaqtlar bunday maqsadlar biz hali beri yeta olmaydigan orzu sifatida körinardi. Bugun esa ular hayot realligiga aylanmoqda.
Mana şuning öziyoq qisqa vaqtda öz taraqqiyotining şunday bir muhim nuqtasiga çiqqan xalqimizning nimaga qodirligini körsatib qöydi.
Albatta, taraqqiyotining hal qiluvçi nuqtalarida öz oldiga uluğ maqsadlarni qöya olgan va şu maqsadlar yölida birlaşa olgan xalq bundan-da oliy marralarni qölga kiritişga qodir.
Işonçimiz komilki, uşbu mamlakat, öz Prezidenti Murojaatnomasida ilgari
surgan yuksak marralarni ham şaraf bilan zabt etadi!
Baxtiyor Yakubov,
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi
Ijroiya qömitasi raisi örinbosari