ÖzLiDeP: kiçik va örta tadbirkorlikka ajratilgan kreditlar hajmi oşgan
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab “Özbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2025-yilda bajarilişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti muhokama qilindi.
Deputatlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, Davlat dasturining barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini ta’minlaş yönalişida amalga oşirilgan çora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.
Jahon miqyosida işlab çiqariş va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomaşyo va moliyaviy resurslar narxi oşgan şaroitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti işonçli va barqaror ösişda davom etib, makroiqtisodiy ösişni ta’minlaşga xizmat qilgani alohida qayd etildi.
Xususan, 2025-yilda yalpi içki mahsulot hajmi 107,7 foizga oşib, 147,1 mlrd AQŞ dollariga yetgan. Eksport esa ilk bor 33,8 mlrd. dollarga yetgan. Jami qiymati 43,1 mlrd. AQŞ dollari bölgan xorijiy investitsiyalar özlaştirilib, ötgan yilga nisbatan 124 foizga ösişga erişilgan.
Deputatlar Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini sözsiz ta’minlaş, doimiy va qat’iy monitoring olib boriş maqsadida hukumat tomonidan barça zarur çora-tadbirlar körilganini ta’kidladilar.
Davlat byudjeti daromadlarining sezilarli ösişi, ijtimoiy sohalarga yönaltirilgan xarajatlarning oşirilişi ta’lim, soğliqni saqlaş va suv xöjaligi kabi muhim tarmoqlarni izçil qöllab-quvvatlaşga xizmat qilgani urğulandi.
—Investitsiya va moliyaviy faollik iqtisodiyotning barça sohalarida ösiş drayveriga aylandi, — dedi fraksiya a’zosi Otabek Musurmonov. — Xorijiy investitsiyalar hajmining keskin köpayişi, yirik loyihalarni işga tuşiriş va köplab yangi iş örinlarining yaratilişi sanoat, qişloq xöjaligi va xizmatlar sohalarida yuqori sur’atlarni ta’minladi. Kiçik va örta tadbirkorlikka ajratilgan kreditlar hajmining oşişi esa iqtisodiy faollikni joylarda kengaytirişga xizmat qilayotir.
Fraksiya yiğilişida Bola huquqlari böyiça vakil (Bolalar ombudsman)ning 2025-yildagi bola huquqlari töğrisidagi qonunçilikka davlat organlari tomonidan rioya etilişi holati haqidagi ma’ruzasi ham körib çiqildi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2021-yil 9-avgustdagi Farmoniga muvofiq, ta’sis etilgan Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) bolalar murojaatlarini körib çiqiş, ularning buzilgan huquqlarini tiklaşda mustaqil milliy institut sifatida alohida örin tutib kelyapti.
Bolalar ombudsmani ma’ruzasiga köra, 2025-yilda Bola huquqlari böyiça vakil nomiga Özbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bölmagan şaxslar, jamoat taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslardan 1934 ta murojaat kelib tuşgan.
Vakilga bolalar tomonidan 42 ta murojaat yöllangan bölib, bu jami murojaatlarning 2,17 foizini taşkil etgan. 2025-yilda Bola huquqlari böyiça vakilning 35 ta şaxsiy qabulida 141 ta fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaati körib çiqilgan.
Şuningdek, ötgan davrda bolaning moddiy ta’minoti yuzasidan jami 403 mln.745 ming sömlik aliment qarzdorligi undirişga kömaklaşilib, 52 nafar yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga davlat boji va boşqa tölovlarsiz ID-kartalar rasmiylaştirilişiga amaliy yordam körsatilgan.
Fraksiya a’zolari Vakilning 2025-yildagi faoliyati böyiça ma’ruzasi haqida öz fikr-mulohazalarini bildirib, bola manfaatlarini ta’minlaş faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça tavsiyalar berdilar.
Munozaralardan söng, körib çiqilgan har ikkala masala ham deputatlar tomonidan ma’qullandi.