Juma 11-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP markaziy ofisida MDHning saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.09.2024
147

Mehmonlarni qabul qilgan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisining o‘rinbosari B.S.Yakubov partiyaga tashrif buyurgan MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Trefilov D.A., MDH Ijroiya qo‘mitasi Missiya shtabi rahbari Kozyak Ye.V., MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi bosh kotibi maslahatchisi S.Karavayev va MDH PA ishtirokchi davlatlarda demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti ekperti S.Tkachenkolarga partiyaning saylovlardagi ishtiroki bilan bog‘liq jarayonlar xususida gapirib berdi.

Xususan, shu yilning 22 sentyabridan boshlagan saylovoldi tashviqoti bosqichida partiya faollari va nomzodlar tomonidan aholi orasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga to‘xtaldi.

Bu yil ilk bor aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilayotgan saylovlar xususiyatlaridan kelib chiqib partiyaning ularda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatidagi o‘zgarishlar mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

O‘z navbatida Missiya vakillari ushbu missiyaning asosiy maqsadlariga to‘xtalib o‘tishdi.

Uchrashuv do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?