Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich 1984-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2011-yil Samarqand davlat chet tillari instituti bakalavriatini, 2014-yil magistraturasini tugatgan. 2003-2009-yillarda Angliyaning uchta nufuzli bilim yurtlarida tahsil olgan.
| Davr | Faoliyati |
|---|---|
| 2010 | Mehnat faoliyatini 2010-yili “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati Kengashida to‘garak rahbari lavozimidan boshlagan. |
| 2012–2018 | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Markaziy Kengashi apparatida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritgan |
| 2018–2020 | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi bo‘lgan |
| 2020–2022 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan |
| 2022–2023 | Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan |
| 2024 | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan |
| 2024 – hozirgacha | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda |
Oilali. 4 nafar farzandi bor.