Dushanba 30-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

G‘IYOSOV SARDOR MUNIBILLAYEVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi

1990 yil Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2012 yil Namangan davlat universiteti Tarix fakulteti bakalavriatini, 2019 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi magistraturasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2012 yili Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2014-2019 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyati Mingbuloq tuman Kengashi raisi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020 yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali. 2 nafar farzandi bor.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?