Xaitov Aktam Axmadovich 1974-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
1994-yil Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.
| Davr | Faoliyati |
|---|---|
| 1994–1997 | Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutida |
| 1997–2000 | Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhida |
| 2000–2002 | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasida |
| 2002–2005 | O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasida faoliyat yuritgan |
| 2005 | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri |
| 2006–2014 | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri |
| 2014–2016 | “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
| 2016–2017 | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori |
| 2017–2018 | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan |
| 2018-yil 3-avgust | O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining X majlisida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan |
| 2019 – hozirgacha | O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda |
| 2020–2024 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Spikerning o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari |
| 2024 – hozirgacha | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi |
Mukofotlari: 2020-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.