Yakshanba 13-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Siyosiy-mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, “Yuksalish” umummilliy Harakati Toshkent shahar bo‘linmasi rahbari, “Dimax sanoat-savdo ko‘rgazma biznes markazi” Kuzatuv Kengashi raisi

Shoumarov Dilshod Shavkatovich 1964 yilning 31 iyulida  Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1981-1986 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetida, 1998-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi —  sharqshunos, xalqaro biznes magistri.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda ToshDUning xalqaro bo‘limi katta inspektori lavozimidan boshlagan.

1987-1991 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida muhandis-tarjimon, 1991-2008 yillarda “KOMEKO” xalqaro tashkiloti, “Aziya-Metall-Treyding” QK, “Akan-Plastik” QK, “Proteks-Inshoat” korxonasi, “Qurilish mollari bozori” MChJda rahbar lavozimlarida ishlagan.

2008 yildan hozirgi vaqtga qadar “DIMAX METALL SERVIS” MChJ Ta’sischilar kengashi raisi, 2013 yildan buyon “Dimax” sanoat-savdo ko‘rgazma biznes markazi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

2015 yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

2014 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?