1972-yil Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 1994-yil Qarshi davlat universitetini tugatgan.
| Davr | Faoliyati |
|---|---|
| 1994 | Mehnat faoliyatini 1994-yili Qarshi shahar gaz qurilish savdo jamoasida iqtisodchi vazifasidan boshlagan. |
| 2000–2001 | Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi boshlig‘i |
| 2001–2005 | «Nuriston» akademik liseyining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
| 2005–2009 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i |
| 2009–2010 | M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida direktorning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari |
| 2010–2011 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i |
| 2011–2013 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali «Gumanitar va ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri |
| 2013–2015 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarda ishlagan |
| 2015–2020 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining a’zosi |
| 2020–2024 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi sifatida faoliyat yuritgan |
| 2024 – hozirgacha | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimida ishlab kelmoqda |
Oilali. 2 nafar farzandi bor.