Asosiy kontentga o‘tish
Juma 03-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish
  • Bosh sahifa
  • #XalqBilanBirga
  • Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot

Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot

“XALQ BILAN BIRGA” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN AKSIYA VA YIRIK TADBIRLAR TO‘GʻRISIDA

MA’LUMOT

 

Tadbir nomi

Mazmuni

I. Aksiyalar

1.                 

“Yurakka yo‘l” aksiyasi

Aksiya doirasida partiya faollari, deputatlar, hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan bevosita mahalla va oilalarga borish orqali 1 mln.dan ortiq xonadonlarga kirib chiqiladi. Uyma-uy yurish davomida yana bir bor O‘zbekistonda mahallalarni obod qilish, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati tushuntiriladi, aholini o‘ylantirayotgan muammolar o‘rganiladi va umumlashtiriladi, loyiha doirasida yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan oilalar va ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan yordam turi aniqlanadi.

2.                 

“Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini tashkil qilish, tadbirkorlikka o‘rgatish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tadbirkorlar orasida qonunchilikda belgilangan imtiyozlar bilan tanishtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Jamiyatda hurmat, bag‘rikenglik va insonparvarlik qadriyatlarini qaror toptirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun qonuniy asoslarni kuchaytiriladi va amaliy yordam ko‘rsatiladi (10 ming nogironligi bo‘lgan fuqaro qamrab olinadi).

3.                 

“Bir jamoada” aksiyasi

Tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratish va yoshlar, ayollar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

4.                 

“Farovon oila” aksiyasi

Aksiya doirasida qo‘shimcha daromad manbai (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali) yoki oila a’zolaridan birini ish o‘rni bilan ta’minlash yo‘li bilan oilalarning daromad barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashish, moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish, ayollar, bolalar, keksa va nogironligi bor oila a’zolarini dispanserizatsiyadan o‘tkazish (har bir hududda kamida 150 nafar oila a’zosi), oilalarga mavjud hujjat muammolarini (kadastr, meros) hal etishda huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

5.                 

“Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” aksiyasi

Aksiya doirasida oila farovonligining muhim vositasi sifatida oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘icha seminar-treninglar tashkil etiladi. Yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

Oilaviy biznesni bozor talablariga moslashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish orqali oila daromadlarini oshirish va turmush darajasini yuksaltirish, xotin-qizlar va yoshlarning iqtisodiy faolligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida 20 mingta oila qamrab olinadi.

6.                 

“Farovon hayot sari” aksiyasi

Xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash (kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik), shu asosda, ularning intilishlaridan kelib chiqib, shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratib berish ko‘zda tutilgan.

7.                 

“Salomatlik sari” aksiyasi

Aksiya doirasida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini faol joriy etish, onalar va bolalar, yurak-qon tomir, qandli diabet bo‘yicha erta o‘limni kamaytirish bo‘yicha vazifalari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

8.                 

“Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi

Respublika bo‘yicha bir kunda mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini o‘zida qamrab oladi. Ushbu aksiya O‘zLiDeP tomonidan belgilangan kunda partiyaning barcha hududiy, tuman (shahar) kengashlari, tadbirkorlar bilan hamkorlikda butun mamlakat miqiyosida amalga oshiriladi.

9.                 

“Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi

Aksiya doirasida bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar yetkazib berish tadbirlari amalga oshiriladi. Ushbu aksiyalar davomida bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayramlar, turli tadbirlar yoki musobaqalar ham tashkil etiladi.

10.            

“Bir oila – bir xomiy” aksiyasi

Mazkur aksiya biznes vakillari tomonidan eng muhtoj oilani 1 yil muddatga xomiylikka olishni ko‘zda tutadi. Aksiya doirasida oilaga oziq-ovqat, dori-darmon, farzandlarining maktabda o‘qishi uchun zarur ashyolar, oilaning mehnatga layoqatli a’zosini ishga joylashtirishga ko‘maklashish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

11.            

“Keksalarga mehr” aksiyasi

Yolg‘iz keksalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Uning doirasida partiya faollari va volontyorlar yolg‘iz keksalar xonadoniga tashrif buyurib, dori-darmon xaridi, oziq-ovqat yetkazish, uy yumushlariga yordam berish yoki kichik ta’mir ishlari amalga oshiriladi.

12.            

 “Umid” aksiyasi

Aksiya doirasida turmush qiyinchiliklariga duch kelgan, farzandlarini yolg‘iz katta qilayotgan ayollarga moddiy, moliyaviy ko‘mak beriladi. Zarur hollarda farzandlarini bog‘chaga joylashtirishda, o‘zlarini sharoitiga mos ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

13.            

“Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi

Aksiya doirasida mahalla va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinib, qatnashchilarga biznes vakillari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirish ko‘zda tutilgan.

14.            

“Xavfsiz migratsiya” aksiyasi

Aksiya doirasida chet elda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga bu borada kengroq ma’lumotlarni berish va ularni turli shakldagi firibgarliklardan saqlash choralarini ko‘rish ishlari amalga oshiriladi.

Yoshlar orasida qonuniy va xavfsiz migratsiya masalalari bo‘yicha keng tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish. Boriladigan mamlakatlar viza rejimi, mehnat huquqlari, lisenziyali agentliklarni ajratish, emlanish, mehnat sug‘urtasi, ishga kirishdan oldin shartnomalar bilan tanishish, qarzdan saqlanish, mehnat migratsiyasidan qaytganlarga sosial yordam, ularni ishga joylashtirish masalalari va boshqalar bo‘yicha tushunchalar berishni ko‘zda tutadi.

II. Aholi bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar

15.            

Mobil shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va sayyor qabullarni amalga oshirish

Joylarga chiqib aholi bilan doimiy muloqotlarni amalga oshirib boradigan 10 dan ortiq mobil shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Reja asosida tizimli ravishda barcha hududlarda partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar va hamkor davlat tashkilotlari vakillari 200 dan ortiq aholi qabullarini amalga oshirib, barcha murojaat qilganlar tinglanadi va joyida ushbu masalalarga yechim topish choralari ko‘riladi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar olinadi. Ushbu uchrashuvlarda aniqlangan masalalar partiya  loyihasi doirasida manzilli ko‘mak berish rejasiga kiritiladi.

16.            

Mahalla bilan hamkorlikda o‘rganishlarni amalga oshirish

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlashda, birlamchi yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xonadonlarni belgilashda mahallalar maslahatiga tayangan holda ish olib boriladi. Shuning uchun mahallalar bilan yangi formatda tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, O‘zLiDeP, mahalliy hokimiyat hamda mahallalar va biznes o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik modeli yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ushbu yo‘nalishda olib borilgan o‘rganishlar jarayonida muhtoj oilalarning tegishli muammolari aniqlanadi (muammolar bazasi shakllantiriladi). Ushbu mammolarni tahlili natijasida partiyaning fraksiyasi orqali qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, masalalarni mahalliy kengashlar orqali joyida hal etish yoki muhtoj oilalarga biznes vakillari yordamida birlamchi va amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha takiflar shakllantiriladi.

17.            

Kam ta’minlangan oilalar uchun vrachlarning sayyor qabullarini tashkil qilish

Mobil tekshiruv uskunalari (EKG va boshqalar) bilan jihozlangan vrachlar guruhi tomonidan eng chekka hududlarga chiqqan holda vrach qabuli kunlari tashkil etiladi. Tadbir doirasida profilaktika erta tashxis qo‘yish, tibbiy maslahat, shuningdek, aholi sog‘lig‘iga doir tushuntirish ishlari olib boriladi.

III. Konferensiya, forum va davra suhbatlari

18.            

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi

Forum doirasida huquqiy savodxonlik (“Mening huquqim” master-klasslari, bepul maslahat, arizalar bo‘yicha ishlash), ta’lim (O‘zbekistonda va chet davlatlarda ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, grantlar to‘g‘risida ma’lumotlar), raqamli madaniyat va kiberxavfsizlik, yoshlarning ekologik tashabbuslari yo‘nalishlarida “davra suhbatlari”, tadbirlar, munozara klublari bo‘lib o‘tadi.

19.            

“Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

Konferensiyada O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, yangilangan Konstitutsiya bilan yoshlarga, ularning ta’lim olish, mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar muhokama qilinadi.

20.            

“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

Konferensiya doirasida O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan siyosat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi, kambag‘allikka qarshi kurashishning kompleks strategiyasi, vositalari va yondashuvlari tahlil qilinadi va sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.

21.            

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: maqsadlar, yutuqlar va oldindagi marralarmavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Hududlarda to‘plangan muammolar va takliflar tahlil qilingan holda, “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlika Strategiya doirasida belgilanan islohotlar natijadorligi ilmiy-amaliy jihadan muhokama etiladi.

Konferensiya doirasida maktabgacha ta’lim tizimi hamda o‘rta ta’lim tizimini yangi darajaga olib chiqish, pedagog kadrlar maqomini oshirish, oliy ta’lim bilan talabalar qamrovini kengaytirish, aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish, professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar aniq faktlar asosida tahlil qilinadi.

Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar va tezislardan iborat to‘plam hamda qonunchilikni takomillashtirish va kelgusi yildagi Davlat dasturiga takliflar va mulohazalar tayyorlanadi.

22.            

“O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

Konferensiya doirasida Yangi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, bu borada xotin-qizlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan zarur sharotilar, qishloq sharoitida yashayotgan ayollarning turmush farovonligi, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar tahlil qilinadi.

Konferensiya yakunida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi, maqolalardan iborat to‘plam chop etiladi

23.            

“Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi”mazusida davra suhbati

Davra suhbatida mavzuga doir masalalar qiyosiy tahlil qilingan holda mazkur yo‘nalishda partiya va fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olinadi.

24.            

“O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati

O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasida ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yondashuvning mohiyati, bugungi kunda bu yo‘nalishlarda qo‘lga kiritilgan yutuq va istiqboldagi vazifalar davri suhbati davomida muhokama etiladi.

25.            

“Inson qadri va farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar” mavzusida davra suhbati

Jamoat arboblari, deputatlar, ekspertlar ishtirokida Yangi O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashishda yangicha yondashuvlar, bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasbga o‘rgatish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish masalalarini tahlil qilishga qaratilgan har bir hududda jami 14 ta davra suhbatlari tashkil etiladi.

Davra suhbatlarining natijasida takliflar va mulohazalardan iborat maqolalar va tezislardan iborat to‘plam chop etiladi.

IV. Yirik tadbirlar

26.            

“Ishga marhamat” monomarkazlari bilan hamkorlikda yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash

O‘zLiDeP viloyat kengashlari va “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan hamkorlikda amalga oshiradigan ushbu tadbir doirasida yetarli kasbiy malakasi bo‘lmagan yoshlarni monomarkazga yo‘naltirish, u yerda o‘quvlarini amalga oshirish va keyinchalik tadbirkorlik sub’yektlarida ish bilan ta’minlash yo‘nalishida ishlar amalga oshiriladi.

27.            

“Yaxshilik marafoni”ni tashkil etish

Har oyda bir marta o‘tkaziladigan marafon doirasida biznes vakillari va volontyorlar tomonidan aholiga bevosita yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Birlamchi e’tibor mahallalar yordamida aniqlangan kam daromadli, ko‘p bolali oilalarga qolaversa, nogironligi bor, yolg‘iz keksalar va migrantlikdan qaytganlarga qaratiladi.

28.            

“Hunarmandlar ko‘rgazmasi”

Yosh ustalarning milliy hunarmandchilik buyumlarini namoyish etadigan ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.

Faoliyatini hunarmadchilik yo‘nalishi bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga “ustoz-shogird” an’analari doirasida amaliy va uslubiy bilimlarni berish uchun imkoniyat yaratiladi.

Hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy, huquqiy va sohaning investisiyaviy salohiyatini oshirish masalalarini hal qilishda amaliy ko‘mak berish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

29.            

“Ishbilarmon ayol” loyihasi

Loyiha doirasida mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar mohiyatini ayollar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etishga ko‘maklashiladi. Yosh tadbirkor ayollarga tajribali tadbirkor ayollar mentorlik qilish tizimi joriy etiladi.

Muvaffaqiyatli shogirdlarni chiqargan va fidoiylik namoyon etgan tajribali tadbirkor ayollarni loyiha yakunida taqdirlash choralari ko‘riladi. Natijada, mutlaqo yangi yondoshuvlar orqali bugunning zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratiladi.

30.            

“Yosh fermerlar tajriba maktabi”

Maktab doirasida amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan intensiv dastur orqali yoshlarni bozorbop mahsulotlar yetishtirish, samarali agrotexnik tadbirlar, marketing, sotish usullari o‘rgatiladi.

Ushbu maktab ilg‘or, tajribali fermerlar tomonidan mahorat darslari, seminarlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.

31.            

Yoshlar va ayollar uchun tadbrkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid beg‘araz o‘quv kurslari, mahorat darslari va treninglar tashkil etish

Muvaffaqiyatli va tajribali tadbirkorlar hamda yoshlar o‘rtasida biznes treninglar tashkil etiladi.

Soha mutaxassislarini taklif qilgan holda o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga biznes g‘oya, ishni boshlash yo‘l xaritasi, soliq tizimi, mijozlar bilan ishlash, narx masalalari yuzasidan tushunchalar berish, o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarni amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish bo‘yicha bilimlar beriladi.

O‘quv kurslari, mahorat darslari va treninglar 100 mingdan ortiq yoshlar va ayollar qamrab olinadi.

32.            

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi maqolalar turkumini chop etish

Yangi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilgan ishlar bugun dunyo jamoatchiligida qiziqish uyg‘otmoqda. Shularni inobatga olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari, soha mutaxassislari tomonidan mavzuga bag‘ishlangan turkum maqolalarni mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida, interenet resurslarida chop etish orqali O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati va yutuqlari ommalashtiriladi.

33.            

IT va suniy intellyekt yetakchilari” treninglar tashkil etish

IT va sun’iy intellyekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha yoshlar uchun seminarlar tashkil qilinadi. Python asoslari, ma’lumot bilan ishlash, tayyor “fine-tune” qilish, joriy etish, kiberxavsizlik masalalari va boshqalar yuzasidan mutaxassislar maslahati beriladi.

34.            

“Yoshlarning startap loyihalarini ko‘llab-kuvvatlash” loyihasi

Loyiha yoshlarning innovasion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash, AgriTech & FoodTech (qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish), EdTech (ta’lim), FinTech (moliya), HealthTech (sog‘liqni saqlash), GreenTech & Climate (energiya samaradorligi), TourismTech & Culture (turizm) va boshqa sohalarda yoshlar ilgari surayotgan startap loyihalarini qo‘llab quvvatlash, ularnining tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

35.            

“Deputat bilan ochiq suhbat” onlayn platformasini ishga tushirish

Saylovchilar bilan yaqin aloqalarini o‘rnatish, xalq orasida ijobiy imijini shakllantirish maqsadida deputatlarning o‘z saylovchilari bilan onlayn muloqotlari tashkil qilinadi.

Deputat bilan muloqot to‘g‘risida ma’lumot partiya sayti va ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali oldindan e’lon qilinadi. Muloqotda ishtirok etayotganlar deputatlarga o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar yuzasidan axborot beradilar.

36.            

Jamoatchilik va parlament nazorati tadbirlari

Joylarda amalga oshiriladigan o‘rganishlarni umumlashtirish nafaqat manzilli yordam nuqtalarini belgilash, balki tegishli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Bu borada kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatining borishi to‘g‘risida ma’lumotlar, xususiy ta’lim va xususiy tibbiyot muassalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish hamda ular asosida tegishli partiya kengashining xulosasi bilan jamoat eshituvlarini amalga oshiriladi.

Har bir hudud kesimida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirilib viloyat kengashi partiya qo‘mitasi qarori bilan masala deputatlik guruhlari orqali tegishli xalq deputatlari viloyat yoki tuman kengashlari muhokamasiga olib chiqiladi.

Loyiha doirasida yig‘ilgan materiallar tahlili asosida O‘zLiDePning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi masalani tegishli vazirliklarga deputat so‘rovlari yuboriladi yoki parlament eshituvini o‘tkazish uchun Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

37.            

“O‘zLiDeP stipendiyasi”ni joriy etish

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oila farzandlari uchun tadbirkorlar tomonidan stipendiyalar ta’sis qilinadi. Ushbu stipendiyalar barcha viloyatlar kesimida taqdim etiladi.

38.            

Youth Sports Challenge” sport musobaqalari

Yoshlar orasida ko‘cha sport mashqlari (jumladan, turnik, brus va b.), sportning mini futbol, voleybol, basketbol (stritbol), shaxmat, shashka, stol tennisi, kurash, arqon tortish sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Musobaqalar barcha hududlarda tashkil etilib, hududiy bosqchilarda g‘olib bo‘lganlar respublika bosqichida bellashadi va final bosqichi yakuni bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

39.            

“Farovonlikka tomon ilk qadam” nomli muhokamalar

Muhokamalar doirasida har bir mahallagacha kirib borgan holda o‘ziga loyiq ish topa olmayotgan yoshlar, yosh xotin-qizlar bilan mavjud muammoli holatlarni ochiq muhokama qilishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yiladi.

Muhokamalarning birinchi bosqichida har bir hududda ko‘tarilayotgan masalalar asosida “muammolar xaritasi” shakllantiriladi.

Muammolardan kelib chiqib yoshlar va ayollarning o‘ziga mos ish topishiga halaqit berayotgan omillar (ish o‘rni, oilaviy tadbirkorlik va boshqalar)ni bartaraf qilish va buning uchun zarur asoslarni tashkillashtirish yoki murojaatchining malakasini oshirish, qayta o‘qitish bo‘yicha aniq reja belgilanadi va tegishli idoralar bilan hal qilish choralari ko‘riladi. Shu orqali har bir murojaatchiga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun aniq yordam ko‘rsatiladi. Jami 100 dan ortiq shunday muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

40.            

“Imkoniyat o‘z qo‘limizda” deb nomlanuvchi ochiq muloqotlar

Ochiq muloqotlar hududlarga tashrif buyuradigan mobil shtablar tarkibidagi mutaxassislar (iqtisodchilar, huquqshunoslar) ko‘magida o‘zi faoliyatida duch kelgan va hal qila olmayotgan aniq muammoli holatlarni hal qilish (yer ijarasi, kadastr, kreditlar bilan bog‘liq masalalar) bo‘yicha professional maslahat olish imkoniyatini yaratadi.

Har bir muammoli holat shtablar tomonidan nazoratga olinib ularning qonun doirasida hal qilinishida yordam ko‘rsatiladi. Hududlar kesimida, jami 50 martadan ortiq ochiq muloqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

41.            

Onlayn va offlayn so‘rovnomalar o‘tkazish

Aholi fikrini o‘rganib borish maqsadida turli platformalar orqali so‘rovnomalar amalga oshirib boriladi. So‘rovnomalarning savollari yetakchi sosiolog-ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladi.

Jami 20 dan ortiq onlayn va joylarda offlayn so‘rovlar ta asosiy yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.

So‘rovnomalar aholining haqiqiy turmush darajasini oilalarning o‘zlari nuqtai nazaridan baholash, mamlakat hududlari kesimida kambag‘allikni kamaytirish jarayonida tadbirkorlarning rolini aniqlash, O‘zbekistondagi o‘zaro yordam qadriyatlarini aniqlash, kambag‘allikni baholash va daromadlar stratifikatsiyasi (tabaqalashtirish), boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishning samarali strategiyalarini aniqlash kabi yo‘nalishlarda o‘tkazilib, tahliliy materiallarini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga partiyaning hududiy kengashlari faollari jalb qilinadi.

So‘rovnomalar natijasida olingan tahliliy materiallar qonunchilikni takomillashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda partiya faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirialdi.

42.            

“Sizning fikringiz biz uchun muhim” onlayn platformasi

Ushbu rubrika ostida partiya saytida onlayn takliflar yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yiladi va aholi tomonidan bildirilgan muammoli masalalar tizimli ravishda o‘rganib boriladi.

43.            

“Muammoingizni bayon eting” Telegram bot tashkil etish

Ushbu nom bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida maxsus bot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Telegram botga kelib tushgan har bir muammo tahlil qilinadi va partiyaning tegishli bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Ushbu muammolarni tegishli idoralar bilan birgalikda o‘rganishva amaliy yechimini topish amalga oshiriladi hamda tez muddatda murojaatchiga javob berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va masalalar o‘rganish partiyaning fraksiyasiga yuboriladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?