Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Partiya tarixi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tarixi

2003 yil, 4, 5 oktabr – bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.

2003 yil, 7 oktabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.

2003 yil, 15 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. 2003 yil, 3 dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.

2004-yil 1-yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi. 2004 yil, 24 may – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2004 yil, 26 dekabr – partiya ilk bor O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi.

2005 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashabbusi bilan O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Aynan, mazkur Assotsiatsiyaning sa’y-harakati bilan bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan 400 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari yagona tuzilmaga birlashdi. Partiya ushbu tashkilot faoliyatiga yaqindan ko‘mak berish tarafdori.

2005 yil, 19 mart – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboyev Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2005 yil, 25 iyul – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari III S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2006 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ta’sischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

2006-yil, 7 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

2007 yil, 6 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda O`zLiDeP dan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Partiya S’ezdi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur yig‘ilishda I.Karimov «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2007 yil, 27 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.

2008 yil, 20 sentabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida»gi masala ko‘rib chiqildi.

2009 yil, 27 dekabr – O`zLiDeP O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.

2010 yil, 2 fevral – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari o‘rtasida «Demokratik kuchlar bloki»ga birlashish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

2010 yil, 18 dekabr – O’zLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan O`zLiDeP ning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

2011 yil, 15 iyul – parlamentdagi O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining «Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risida»gi hisoboti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida eshitildi.

2012-yil 31-mart – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi» hamda «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha O`zLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

2013 yil, 2 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. 2012 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2013 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Fermerlari kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. O`zLiDeP O’zbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni o‘rganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.

2014 yil, 13 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O`zLiDePning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

2014 yil, 30 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O`zLiDePning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, O`zLiDePning navbatdagi VI S’ezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

2014 yil, 31 oktabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VI S’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezd kun tartibida partiyaning o‘tgan 5 yillik ish faoliyati sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea hisoblangan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Partiyaning S’ezdida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va O`zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatildi.

2014 yil, 21 dekabr – O`zLiDeP O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Saylovlar natijasiga ko‘ra, O`zLiDeP parlament quyi palatasida eng ko‘p – 52 o‘ringa, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida – 307 (38%), tuman (shahar) Kengashlarida esa – 1806 (35%) deputatlik o‘riniga ega bo‘lib, parlamentda o‘zining fraksiyasini, joylardagi vakillik organlarida esa – o‘z deputatlik guruhlarini shakllantirdi.

2015 yil, 5 yanvar - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O’zLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan iborat partiya fraksiyasini ta’sis etish masalasini muhokama etish kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev fraksiya rahbari etib saylandi.

2015 yil, 15 yanvar - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O`zLiDePning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish masalasini partiyaning VII S’ezdi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2015 yil, 6 fevral - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. S’ezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi. S’ezd “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur yig‘ilishda Islom Karimov «Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2015 yil, 14 mart - Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko‘ra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.

2015 yil, 29 mart – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.

2015-yil 25-26-dekabr - O`zLiDePning “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Yilning eng yaxshi deputati” va “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlang‘iya partiya tashkiloti, “Yil deputati” tanlovi bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tohir Baxronov hamda “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha esa O`zLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2016 yil, 19 oktabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi va partiya Siyosiy Kengashining a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2016-yil 9-dekabr - Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko‘rib chiqildi. Saylovda Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi. Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib chiqdi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2017 yil, 24 dekabr - Toshkent shahar xalq deputatlari tuman  Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra xalq deputatlari tuman Kengashlariga ko‘rsatilgan jami 330 nafar nomzoddan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137 nafari saylandi.

2018 yil, 3 fevral - O`zLiDeP Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. 2019 yil 5 noyabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning saylovoldi dasturi va parlament quyi palatasiga nomzodlar tasdiqlandi.

2020 yil, 6 yanvar - Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida parlament saylovining yakuniy tur natijalari e’lon qilindi. Saylovlarning umumiy yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 53, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36, O’zbekiston “Adolat” sowial-demokratik partiyasi 24, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 22, O’zbekiston Ekologik partiyasi 15 deputatlik o‘rnini egalladi.

2020 yil, 18 yanvar - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh vazir lavozimiga 2016 yilning dekabr oyidan O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatildi.

2021 yil, 7 iyul - O’zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovida partiyaning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda Siyosiy Kengash a’zolari partiyaning yangilangan logotipini tasdiqlashdi.

2021 yil, 7 avgust - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda shu yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O`zLiDePning ishtiroki, Prezidentlik saylovida O`zLiDePdan ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

2021 yil 9 sentabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 1 ming 200 ga yaqin delegat qatnashdi. S’ezdda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

2021 yil, 24 oktabr - Shavkat Miromonovich MIRZIYoYEV prezidentlikka bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

2021 yil, 15 noyabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiquvchi partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2022 yil, 31-yanvar - O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonidan kelib chiqadigan partiya oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2023 yil, 16 mart - O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisida partiyaning “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi referendumidagi ishtiroki to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.

2023 yil, 12 may - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylovda O`zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi S’ezdida partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.

2023 yil, 30 may - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini bo‘lajak saylovda partiya nomidan ko‘rsatish to‘g‘risida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi S’ezdi delegatlari tomonidan yakdillik bilan qaror qabul qilindi. S’ezdda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Sh.M.Mirziyoyev o‘z dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

2023 yil, 10 iyul - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p 87,05 foiz ovozini olib, muqobillik asosida o‘tgan saylovda ishonchli g‘alaba qozondi. Partiyaning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 

Partiyaning rasmiy veb-sayti: www.uzlidep.uz, E-mail: uzlidep@uzlidep.uz


Saytni yangi dizayni yoqdimi?