Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy hujjatlarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, partiya g‘oyalarini xalq orasida targ‘ib qilish ishlarini yanada jonlantirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov partiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati, kelgusidagi rejalari xususida to‘xtalib, joriy yil mamlakatimiz hayoti uchun muhim voqealarga boy bo‘lgani, xalqimiz tashabbusi bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani, muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarining natijalari, qolaversa mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim xujjat bo‘lmish “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining qabul qilinganligi O‘zLiDeP tomonidan ham o‘z dasturiy xujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi zaruratini kun tartibiga qo‘yayotganligi, bu borada mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.