Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 22-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

«O‘zLiDeP volontyorlik klubi» loyihasi

1.     

Loyiha nomi

O‘zLiDeP volontyorlik klubi

2.     

Loyihaning dolzarbligi

“O‘zLiDeP volontyorlik klubi” loyihasi yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati, fuqarolik pozisiyasi va vatanparvarlik hissini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand aholiga ko‘mak ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim vazifalarda yoshlarning faolligini ta’minlaydi.

 

Loyiha yoshlarda o‘zini o‘zi tashkil qilish va tashabbuskorlik salohiyatini shakllantirish, partiya tadbirlari va mahalliy kengashlarda amaliy ishtiroki orqali davlat va jamiyat hayotida ularning ta’sirini oshirish imkonini beradi. Bu esa vatanparvarlik, ijtimoiy birdamlik va volontyorlik madaniyatini mustahkamlaydi, aholining turmush sifati va jamiyatning umumiy farovonligiga hissa qo‘shadi.

 

Qisqacha aytadigan bo‘lsak, loyiha yoshlarning fuqarolik faolligini oshirish va ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish uchun dolzarb va samarali mexanizm hisoblanadi.

3.     

Loyihaning maqsadi

Yoshlarda fuqarolik mas’uliyati, vatanparvarlik va jamoatchilikka xizmat qilish tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga yo‘naltirish, aholi orasida birdamlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarning o‘zini o‘zi tashkil qilish va tashabbuskorlik salohiyatini oshirishdan iborat.

Jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, tabiiy yoki texnogen tusdagi vaziyatlarda, favqulotda holatlarda tegishli idora va tashkilotlarga volontyorlik yordamini ko‘rsatish, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirish, partiya tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish va kumaklashish.

4.     

Loyihaning vazifalari

Jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirish. O‘zbekiston volontyorlari assosiatsiyasi bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish, yosh partiya a’zolari orasidan eng fidoyilarini aniqlab partiya volontyorlik klubiga a’zo qilish, ularni doim jamoat ishlariga jalb etish.

5.     

Loyihaning asosiy formatlari

Har bir hududda 50–100 nafardan, har bir tuman/shaharda 20–30 nafardan iborat volontyorlik klublari tashkil etish;

Jamiyatga yordam, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar va atrof-muhitni muhofaza qilishda ishtirok etish;

Volontyorlar uchun uchrashuvlar, seminarlar va tizimli o‘quv kurslari tashkil etish;

Partiya tadbirlari va mahalliy kengashlarda faol ishtirok etish va yordam ko‘rsatish;

O‘zbekiston volontyorlari assosiatsiyasi bilan hamkorlik va tajriba almashish

6.     

Individual ko‘rsatkichlar

Hududlarda 50–100 nafar volontyordan iborat klublar tashkil etiladi

Yil davomida hududdagi nuroniylar, ehtiyojmand aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarida yoshlar ishtirok etishi

Volontyorlar uchun 10–15 ta seminar va uchrashuv tashkil etilishi

7.     

Loyihaning natijadorligi

Loyiha amalga oshirilishi bilan yoshlar orasida faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli avlod shakllanadi. Jamiyatda birdamlik va o‘zaro yordam madaniyati kuchayadi, aholi ehtiyojmand qatlamlariga ko‘mak tizimi rivojlanadi, vatanparvarlik hissi va fuqarolik pozisiyasi mustahkamlanadi. Volontyorlik faoliyati partiya tadbirlari va mahalliy kengashlarda samarali va tejamli amalga oshiriladi, yoshlarning ijtimoiy tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi, aholida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari shakllantiriladi.

8.     

Loyihani amalga oshirish muddati

2025 – 2028 yillar


Saytni yangi dizayni yoqdimi?