|
1. |
Loyiha nomi |
Eng faol BPT loyihasi |
|
2. |
Loyihaning dolzarbligi |
Hozirgi kunda partiyaning boshlang‘ich partiya tashkilotlari (BPT) faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning jamiyatdagi rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayrim BPTlarda tashabbuskorlik, aholi bilan ishlash va partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish darajasi yetarli emas. Shu bois, eng faol BPTlarni aniqlash, rag‘batlantirish va ommalashtirish orqali umumiy tizim samaradorligi oshiriladi |
|
3. |
Loyihaning maqsadi |
Partiyaning quyi bo‘g‘inlari — Boshlang‘ich partiya tashkilotlari (BPT)ning rolini kuchaytirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va fuqarolar hamda tadbirkorlar orasida partiyaning obro‘-e’tiborini mustahkamlash. Faol va namunaviy BPTlarni rag‘batlantirish, tajribalarini ommalashtirish orqali butun tizimda samaradorlikni oshirish. |
|
4. |
Loyihaning vazifalari |
BPTlar faoliyatini tizimli baholash. Faol BPTlarni aniqlash va reyting yuritish. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish. Partiya a’zolari ishtirokini oshirish. Yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilishni kuchaytirish. Jamoatchilik bilan ishlashni faollashtirish. BPTlar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Ppartiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda, aholi muammolarini o‘rganish va ularni deputatlik guruhlari orqali hal qilishda BPTlarning ishtiroki yoritish, partiya Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ‘ib qilishda hamda partiya rahbar organlarining qaror va farmoyishlarida belgilangan maqcad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda alohida namuna ko‘rsatgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarini doimiy rag‘batlantirib borish. |
|
5. |
Loyihaning asosiy formatlari |
- partiya safiga yangi a’zolarni jalb etish va partiya tarafdorlari safini ko‘paytirish ishlarini olib borish; - tuman va shaharlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni sifat jihatdan yaxshilash, namunali boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonini ko‘paytirish, boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish tajribalarini ommalashtirish; - BPTlarning partiyadan saylangan barcha pog‘onalardagi deputatlari bilan hamkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash; - partiya Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan hamda aholi o‘rtasida katta hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan BPT raislari va partiya faollarini tizimli ravishda partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritib borish; - boshlang‘ich partiya tashkilotlarining partiya g‘oya va dasturlarini targ‘ib qilishdagi faolligini oshirish; - faol BPT yetakchilari uchun siyosiy bilimlar va tashkiliy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etiladi. |
|
6. |
Individual ko‘rsatkichlar |
Loyixa tadbirlariga jalb kilingan fukarolar soni yiliga kamida 30 ming kishi. Faol BPTlar ulushini 1 yilda 30% ga oshirish. |
|
7. |
Loyihaning natijadorligi |
BPTlar faoliyati yanada kuchayadi, aholi va tadbirkorlar bilan muloqot samaradorligi oshadi, joylardagi muammolar tezkor hal etiladi, faol BPTlar tajribasi ommalashib, boshqa tashkilotlarga namuna bo‘ladi, partiyaning xalq orasidagi nufuzi, ishonch va ta’sir kuchi ortadi, siyosiy faollik, tashabbuskorlik va raqobat muhiti kuchayib, partiyaning tashkiliy salohiyati mustahkamlanadi. |
|
8. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2026 yil davomida |