Amalga oşiriş muddati: 2025 – 2028 yillar
Asosiy körsatkiçlar
| Kamida 500 ta yoş tadbirkor öz biznes-loyihasini taqdim etadi | 1 000 nafardan ortiq yoşlar seminar va treninglarda amaliy bilim va könikmalar oladi |
01 Loyihaning dolzarbligi
“Yoş tadbirkorlar ligasi” loyihasi mamlakatda yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş, ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantiriş va zamonaviy biznes imkoniyatlaridan samarali foydalanişini ta’minlaydi. Loyiha yoşlarni bozor talablariga mos, raqobatbardoş va muvaffaqiyatli tadbirkorlar sifatida tayyorlaş, innovasion ğoya va startaplarni qöllab-quvvatlaş, hamda yoşlarning iqtisodiy mustaqilligi va ijtimoiy mas’uliyatini kuçaytirişga xizmat qiladi. Bu esa davlat va partiyaning tadbirkorlikni rivojlantiriş, yoş kadrlar salohiyatini şakllantiriş va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş maqsadlariga mos keladi.
02 Loyihaning maqsadi
Yoşlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantiriş va ularni zamonaviy biznes imkoniyatlaridan foydalana oladigan muvaffaqiyatli tadbirkorlar sifatida şakllantiriş, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uçraşuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni keng tarğib qiliş hamda mazkur uçraşuvdan kelib çiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oşiriş.
03 Loyihaning vazifalari
- Yoş tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan innovasion ğoyalar va loyihalarni qöllab-quvvatlaş, ularni amaliyotga tatbiq etişga yordam beriş, yoş tadbirkorlarni jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatli biznes yuritişga, ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşga rağbatlantiriş.
04 Loyihaning asosiy formatlari
- “Ustoz–şogird” tizimi – tajribali tadbirkorlar bilan yoşlar örtasida hamkorlik va tajriba almaşiş
- Biznes seminar va treninglar – bank, soliq, bojxona va boşqaruv masalalari böyiça öquvlar
- Grant, kredit va şeriklik kömaklari – yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş
05 Kutilayotgan natijalar
“Yoş tadbirkorlar ligasi” loyihasi amalga oşirilişi orqali yoşlarning tadbirkorlik salohiyati sezilarli darajada rivojlanadi va ular zamonaviy biznes imkoniyatlaridan samarali foydalana oladigan raqobatbardoş kadrlar sifatida şakllanadi. Loyiha doirasida amalga oşiriladigan seminarlar, treninglar, “ustoz–şogird” tizimi va amaliy tajribalar yoş tadbirkorlarning bilim va könikmalarini oşirib, yangi startaplar va innovasion loyihalarni amalga oşiriş imkonini yaratadi.
Şu bilan birga, yoşlar partiya va davlat dasturlariga oid taşabbus va takliflar kiritişi orqali ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir körsatadi, tadbirkorlikka qiziqişi ortib, barqaror biznes muhiti şakllanadi. Loyiha partiya tizimida istiqbolli yoş kadrlar zahirasi yaratişga va yoşlarning amaliyotga asoslangan tajribasini rivojlantirişga xizmat qiladi.