Loyihaning maqsadi: Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilish, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma’ruzalaridan kelib chiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oshirish.
Amalga oshirish mexanizmi: - yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan qonunlar loyihalariga yoshlar takliflarini olish tizimini shakllantirish va qabul qilingan qonunlarni chuqur o‘rganishni targ‘ib qilish.
- yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashish.
- zamonaviy fikrlay oladigan, bilimli, jamiyatda munosib o‘rin egallashga intiluvchan barkamol avlodni tayyorlash, ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish.
- ko‘p partiyaviylik sharoitida maqsadlarimizga erishishning eng samarali yo‘llarini izlash va amalga oshirishda partiyaviy g‘oyalar va dasturlarimizning yanada keskin va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash.