|
1. |
Loyiha nomi |
Yosh siyosatchilar ligasi |
|
2. |
Loyihaning dolzarbligi |
Bugungi kunda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruviga jalb etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘plab yoshlarda siyosiy jarayonlar, qonunchilik va davlat boshqaruvi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar yetarli darajada shakllanmagan.
Jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda yoshlarning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, iqtidorli va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va tizimli ravishda tayyorlashga ehtiyoj ortib bormoqda.
Shu bois, “Yosh siyosatchilar ligasi” loyihasi yoshlarda siyosiy bilim va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda malakali kadrlar zaxirasini yaratishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. |
|
3. |
Loyihaning maqsadi |
Yoshlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish, iqtidorli, yetakchilik qobiliyatlariga ega, vatanparvar yoshlarni tanlov asosida kashf etish va davlat tashkilotlarida Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan talabalardan malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashgan holda yoshlarda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish; yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni jamiyatdagi ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratishga rag‘batlantirish, yoshlarning innovasion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish. yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni amalga oshirishdan iborat. |
|
4. |
Loyihaning vazifalari |
Yosh siyosatchilar va faol yoshlar uchun ta’limiy kurslar, seminarlar, forumlar va treninglar tashkil etish, yoshlarda siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va davlat boshqaruvi tizimida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida demokratik qadriyatlar, qonun ustuvorligi va jamoatchilik mas’uliyatini targ‘ib qilish, yosh siyosiy liderlarni aniqlab, ularni jamoatchilik va siyosiy maydonda qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning davlat organlari va mahalliy kengashlarda amaliy tajriba ortishi uchun stajirovkalar va amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlarning tashabbus va takliflarini davlat siyosatini takomillashtirishga yo‘naltirish. |
|
5. |
Loyihaning asosiy formatlari |
• Yosh siyosatchilar uchun o‘quv kurslari, seminar va treninglar tashkil etish. • “Yoshlar minbari” kabi muloqot maydonlarini yo‘lga qo‘yish. • Yoshlar uchun forum va davra suhbatlari o‘tkazish. • Davlat organlari va mahalliy kengashlarda stajirovka va amaliyot dasturlari. • Siyosiy va huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan master-klasslar. • Yoshlar tashabbuslari va takliflarini muhokama qilish platformalari. • Iqtidorli yosh siyosiy liderlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash. |
|
6. |
Individual ko‘rsatkichlar |
• Loyihada ishtirok etuvchi yoshlar – kamida 5 ming nafar • Yoshlar tashabbuslari va takliflari – kamida 200 ta • Aniqlangan va qo‘llab-quvvatlangan yosh liderlar – kamida 100 nafar |
|
7. |
Loyihaning natijadorligi |
Loyiha natijasida yoshlarning siyosiy bilim va huquqiy madaniyati oshadi, ular davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok eta oladi. Yangi siyosiy liderlar, tashabbuskor va bilimli kadrlar shakllanadi. Yoshlar muloqot madaniyati, demokratik qadriyatlar va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirib, davlat siyosatini takomillashtirishga hissa qo‘shadi. |
|
8. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2023 – 2028 yillar |