Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 16-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

"Ishbilarmon ayol" yangi imkoniyatlar va yangi nomlarni kashf etmoqda

15.09.2026 118
"Ishbilarmon ayol" yangi imkoniyatlar va yangi nomlarni kashf etmoqda

O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umumilliy dasturi doirasida o‘tkazilayotgan «Ishbilarmon ayol — 2026» ko‘rik-tanlovi joylarda davom etmoqda.

Jizzax viloyatining Paxtakor, Zarbdor va Do‘stlik tumanlarida tanlovning tuman bosqichlari o‘tkazilib, «Mahallaning ishbilarmon ayoli» loyihasida g‘olib bo‘lgan tadbirkor ayollar o‘z biznesi, tajribasi va yangi g‘oyalari bilan ishtirok etdi.

Bu loyiha ayollarga nima beryapti? Eng avvalo, o‘z biznesini ko‘rsatish, tajriba almashish, yangi hamkorlar topish va o‘z kuchiga yanada ishonch bilan qarash imkonini beryapti. Eng muhimi, mahallalarda o‘z mehnati bilan oilasiga daromad keltirayotgan, boshqalar uchun ham ish o‘rni yaratayotgan ko‘plab ishbilarmon ayollar nomi keng jamoatchilikka tanitilmoqda.

Do‘stlik tumanida ana shunday tadbirkor ayollardan biri — «Bunyodkor» mahallasi vakili Gulhayo Shoximardonova g‘olib bo‘ldi. U «Bunyodkor tikuvchi qizlari» MCHJni boshqarib, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Bugun korxonada 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol doimiy ish bilan ta’minlangan.
Gulhayoning maqsadi esa aniq — faoliyatini kengaytirish, ishchilar sonini ko‘paytirish va yana yangi ish o‘rinlari yaratish.

Demak, «Ishbilarmon ayol» — shunchaki tanlov emas. Bu mahalladagi faol ayolni qo‘llab-quvvatlash, uning tajribasini ommalashtirish va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish maydoni. Bugun tanlovda g‘olib bo‘lganlar orasida ertaga yana yuzlab yangi tadbirkor ayollar yetishib chiqishiga ishonamiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?