100 nafardan ziyod jizzaxlik ehtiyojmand aholi tibbiy körikdan ötdi
Jizzax viloyatida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Salomatlik sari” loyihasi asosida Ş. Raşidov tumanining “Qulpisar” mahallasida bepul tibbiy körik taşkil etildi. Aksiya davomida 100 dan ortiq kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlarida körikdan ötkazilib, ularning salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan amaliy işlar olib borildi.
Tadbirda malakali şifokorlar — terapevt, kardiolog, ginekolog va boşqa mutaxassislar iştirok etib, aholini körikdan ötkazdilar. Zarur hollarda fuqarolarga qöşimça tekşiruvlar uçun yöllanmalar berildi, bu esa kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş va oldini oliş imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Şuningdek, aksiya doirasida soğlom ovqatlaniş, şaxsiy gigiyena va profilaktika masalalari böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi. Fuqarolarga zarur tibbiy maslahatlar berilib, bunday taşabbuslar uçun minnatdorçilik bildirildi — bu esa aholi salomatligiga bölgan e’tiborni yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.