Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 09-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Kasbga sadoqat va tadbirkorlik muvaffaqiyati: 25 yillik tajriba egasi tanlovda g‘olib bo‘ldi

07.08.2026 114
Kasbga sadoqat va tadbirkorlik muvaffaqiyati: 25 yillik tajriba egasi tanlovda g‘olib bo‘ldi

Yangiariq tumanida O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlar o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini namoyish etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Savgan” mahallasi vakili Maryamjon Xudaynazarova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerak, M.Xudaynazarova 25 yillik mehnat tajribasiga ega tadbirkorlardan. U 2022 yilda “Maryamjon” tikuvchilik syexini tashkil etgan. Bugungi kunda u 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan, 3 ming nafardan ortiq shogird tayyorlagan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va ishsiz yoshlar uchun bepul kasb-hunar o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ygan.
Tanlov davomida ishtirokchilarning biznes tashabbuslari va mahsulotlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi, g‘olib va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur ko‘rik-tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mahallalarda bandlikni oshirish va yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?