34 mahallaning eng faol tadbirkor xotin-qizlari tanlovning tuman bosqiçida iştirok etadi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Zomin tumanida “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi yakunlandi. Loyiha doirasida tumandagi 34 ta mahalladan faol tadbirkor xotin-qizlar saralandi. Dastlab “Navbahor”, “Xalqobod”, “Beşkubi”, “Gulşan”, “Nurlikent” va “Navoiy” mahallalarida tadbirkor ayollarning iş tajribasi, mahsulotlari va yaratgan iş örinlari örganildi.
Loyiha doirasida qöl mehnati, milliy hunarmandçilik, tikuvçilik, qandolatçilik va xizmat körsatiş sohalari böyiça körgazma taşkil etildi. Unda iştirokçilar öz mahsulotlarini namoyiş qilib, tajriba almaşdilar. Mazkur tadbir “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining tuman bosqiçi oldidan muhim tayyorgarlik maydoni böldi.
Keyingi bosqiçda tumandagi 34 ta mahalladan saralangan eng faol xotin-qizlar Zominning “Eng tadbirkor ayoli” nomonatsiyasi uçun kuraş olib boradi.