Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 29-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Beruniyda sayyor qabul: 70 murojaat ijobiy hal qilindi

28.08.2026 56
Beruniyda sayyor qabul: 70 murojaat ijobiy hal qilindi

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Beruniy tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda 100 dan ortiq murojaati eshitilib, ularning 70 dan ziyodi mas’ul tashkilotlar ishtirokida joyida hal etildi. Qabul davomida bandlik, tadbirkorlik, ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

E’tiborlisi, murojaatlar aniq amaliy yordamlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. IT sohasida ishlash istagidagi fuqaroga 9 million so‘mlik noutbuk, 4 nafar fuqaroga mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun motokultivator, non mahsulotlari tayyorlash pechi va kajavali motosikl berildi. Shuningdek, 5 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari, 30 nafar fuqaroga kompyuter, 20 nafar ishtirokchiga kasb-hunar o‘rganishi vaucherlar topshirildi. Ikki nafar talabaning kontrakt to‘lovi uchun 4,5 million so‘mdan mablag‘ ajratildi.

Beruniydagi sayyor qabul “Xalq bilan birga” dasturining mazmun-mohiyatini — murojaatni eshitish bilan cheklanmay, insonga o‘z imkoniyatini ro‘yobga chiqarishi uchun amaliy ko‘mak berish tamoyilini namoyon etdi.
Ayniqsa, bandlik, kasb-hunar va tadbirkorlikka oid murojaatlarni ish qurollari, texnika va o‘qish imkoniyatlari orqali hal etish aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?