Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 29-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Sayyor qabulda 112 nafar fuqaroning murojaati eshitildi

29.09.2026 34
Sayyor qabulda 112 nafar fuqaroning murojaati eshitildi

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Partiya deputatlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 112 nafar fuqaro 70 ga yaqin masala yuzasidan murojaat qildi.
Qabul davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jami 10 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga partiya stipendiyalari to‘lab berildi, ayrim oilalarga qurilish materiallari ajratilib, uy-joylari ta’mirlandi.
Shuningdek, qabulda aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 6 nafar yosh ishga joylashtirildi, 11 nafar yigit-qizga o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi, payvandlash uskunasi, elektropech, daraxtlarni dorilash va o‘t o‘rish qurilmalari topshirildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 4 nafar yoshga bank kreditlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashildi. Sog‘lig‘ini tiklashga muhtoj 22 nafar keksa va surunkali kasallikka chalingan fuqaroga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, dori-darmon va sanatoriya yo‘llanmalari berildi.
Muloqotda tadbirkor va fermerlar tomonidan hududdagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ham bildirildi. Xususan, suv tanqisligi sharoitida tomchilatib sug‘orish asosida issiqxona va bog‘lar tashkil etish, lalmikor ekinlar ekish, gilamchilik va yog‘och o‘ymakorligini rivojlantirish orqali yangi daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, yangi transformatorlar o‘rnatish va suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha murojaatlar mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosini nazorat qilish deputatlar zimmasiga yuklatildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?