Asosiy kontentga o‘tish
Juma 09-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Deputatlik so‘rovi ijrosi: “Maymanoq–Komilon–Kasbi” yo‘lida asfaltlash ishlari olib borilmoqda

09.10.2026 30
Deputatlik so‘rovi ijrosi: “Maymanoq–Komilon–Kasbi” yo‘lida asfaltlash ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashining sessiyasida “16-Sohibkor” saylov okrugidan mahalliy Kengashga saylangan deputat Bobonazar Sattorov tomonidan mutasaddi idoralarga “Maymanoq–Komilon–Kasbi” avtomobil yo‘lini ta’mirlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritilgan edi. Mazkur murojaat yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholining kundalik qatnovidagi qulayliklarni ta’minlash masalasiga qaratildi.
Bugungi kunda deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida “Maymanoq–Komilon–Kasbi” avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari “Qarshi yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi” tomonidan amalga oshirilmoqda. Yo‘lni ta’mirlash aholi va transport vositalarining harakatlanishini yengillashtirish, qatnov xavfsizligini oshirish hamda hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mazkur ishlar O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimiga qaratilgan. Bu jarayonda deputatlik so‘rovi orqali muammoni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va uning hal etilishiga ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etadi. “Maymanoq–Komilon–Kasbi” yo‘lidagi ta’mirlash ishlari infratuzilma muammolarini bartaraf etish borasidagi amaliy choralardan biridir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?