Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Farğonada “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovining hududiy respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi

31.10.2026 828
Farğonada “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovining hududiy respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi

Farğona viloyatida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining respublika hududiy bosqiçi ötkazildi. Unda viloyatning 19 ta tuman va şahridan kelgan tadbirkor, fermer va hunarmand ayollar iştirok etib, öz faoliyati, biznes loyihalari va erişgan natijalarini namoyiş etdilar.

Tanlovning mahalla bosqiçida mamlakat böylab 1 017 ta mahalla qamrab olinib, 10 156 nafarga yaqin işbilarmon xotin-qiz iştirok etdi. Jarayon davomida köplab yangi tadbirkor ayollar aniqlanib, ularning taşabbus va biznes ğoyalari qöllab-quvvatlandi.

Hududiy bosqiçda iştirokçilar özlari işlab çiqarayotgan mahsulotlar, amalga oşirgan loyihalari va kelgusi rejalarini taqdim etdilar. Ularning faoliyati, yaratgan iş örinlari, tadbirkorlik natijalari hamda jamiyat hayotiga qöşayotgan hissasi belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Tanlovda “Eng yoş, faol ayol tadbirkor”, “Zamonaviy taşabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli işbilarmon ayoli”, “Qişloqni ijtimoiy rivojlantirişda faollik körsatgan fermer ayol” kabi nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar aniqlandi. Ğolib va faol iştirokçilar diplom hamda taşakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini yuzaga çiqariş, yangi taşabbuslarini rağbatlantiriş va ilğor tajribalarini ommalaştirişga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?