Ğallaorolda xotin-qizlar uçun bepul tibbiy körik taşkil etildi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi “Salomatlik sari” loyihasi asosida Ğallaorol tumanining Xonimqörğon mahallasida bepul tibbiy körik ötkazildi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda yaşovçi 30 nafar xotin-qiz malakali şifokorlar körigidan ötkazildi. Ularga salomatligi böyiça zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Şuningdek, iştirokçilarga soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va jismoniy faollikning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi. Bu kabi aksiyalar aholi salomatligini mustahkamlaş va tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlaştirişga xizmat qilmoqda.