Asosiy kontentga o‘tish
Juma 02-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

“Ishbilarmon ayol–2026”: yangi imkoniyatlar, istiqbolli tashabbuslar va samarali natijalar

02.10.2026 86
“Ishbilarmon ayol–2026”: yangi imkoniyatlar, istiqbolli tashabbuslar va samarali natijalar

Buxoro viloyatida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining hududiy respublika bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda viloyatning tuman va shaharlaridan 13 nafar tadbirkor, fermer va ishbilarmon xotin-qiz o‘z faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalari va erishgan natijalarini namoyish etdi. Ta’kidlanganidek, 2016 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirish uchun muhim maydonga aylanib bormoqda.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Olot tumanidagi “Salimjon Ashur” fermer xo‘jaligi rahbari Sadoqat Beshimova 1-o‘rinni egalladi. U rahbarlik qilayotgan ko‘p tarmoqli xo‘jalikda g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, o‘tgan mavsumda g‘alla hosildorligi salkam 90 syentner, paxta hosildorligi 45 syentnerga yetkazilgan, 2025 yilda esa daromad 1,5 milliard so‘mdan oshgan va 40 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Tanlovda 2-o‘rin “Doktor Nigin” MCHJ rahbari Nigina Hikmatovaga, 3-o‘rin esa “Dilkor trans” MCHJ rahbari Mavluda Jumaqulovaga nasib qildi. Shuningdek, ishtirokchilar bir qator maxsus nominatsiyalar bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.

Ta’kidlash kerak, “Ishbilarmon ayol–2026” tanlovi nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki tadbirkor xotin-qizlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlarning qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyati yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy tashabbuslar bilan uyg‘unlashmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?