Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Yoşlar örtasida kitobxonlikni kengaytiriş taşabbusi qöllab-quvvatlandi

09.07.2026 808
Yoşlar örtasida kitobxonlikni kengaytiriş taşabbusi qöllab-quvvatlandi

ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Gurlan tumanida sayyor qabul taşkil etildi. Unda aholi murojaatlari bilan bir qatorda yoşlar ma’naviyatini yuksaltirişga qaratilgan takliflar ham muhokama qilindi. Jumladan, “Çinobod” mahallasi fuqarosi Odilbek Karimov mahallada kutubxona taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.
Murojaat mas’ul taşkilotlar iştirokida atrofliça körib çiqilib, taklif ijobiy baholandi. Natijada mahallada kutubxona taşkil etiş, kitob fondini şakllantiriş hamda uning faoliyati uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni boşlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi. Murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Kitobxonlikni rağbatlantirişga qaratilgan bunday taşabbuslar yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş hamda mahallalarda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi takliflarining amaliy yeçim topayotgani xalq bilan oçiq muloqotning samarasini yana bir bor namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?