Bandixonlik işbilarmon ayollar saralandi
“Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Bandixon tumanida “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda mahalla bosqiçida ğolib bölgan 20 dan ortiq tadbirkor ayol iştirok etdi.
Tanlov yakunlariga köra, “Bektepa” mahallasidan tadbirkor Hosiyat Mengniqulova 1-örinni qölga kiritdi. U mebel işlab çiqariş sohasida faoliyat yuritib, bir neçta fuqaroni doimiy iş bilan ta’minlab kelmoqda.
Şuningdek, Jamila Aşurova 2-örin, Habiba Xurramova esa 3-örin sohibi böldi. Ğoliblar munosib taqdirlandi.
Tanlov xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, bandlikni ta’minlaş va mahallalar iqtisodiy salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda.