Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Limon yetiştiriş va tikuvçilik yönalişida faoliyat körsatayotgan xotin-qizlar tanlovning tuman bosqiçida qatnaşadi

21.05.2026 809
Limon yetiştiriş va tikuvçilik yönalişida faoliyat körsatayotgan xotin-qizlar tanlovning tuman bosqiçida qatnaşadi

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyati Yangiariq tumanida ötkazilgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” tanlovi mahallalarda tadbirkor va taşabbuskor xotin-qizlarni aniqlaş hamda qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi. Tanlovda faol iştirok etgan Rajabgul Jumaniyazova va Muborak Judayberganova tanlovning tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar.

Qariyb 30 yildan buyon limonçilik bilan şuğullanib kelayotgan Rajabgul Jumaniyazova öz xonadonidagi issiqxonada yiliga 1 tonnagaça limon yetiştirib, oila daromadini oşiriş bilan birga aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlab kelmoqda. Şuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib, imtiyozli kredit asosida tikuvçilik faoliyatini yölga qöygan Muborak Judayberganova bugungi kunda 16 nafar xotin-qizni doimiy iş bilan ta’minlaşga erişdi.

Quvonarlisi, bu kabi mehnatsevar va işbilarmon ayollarning safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu esa mahallalarda tadbirkorlik muhitini mustahkamlaş, aholi bandligini ta’minlaş va xotin-qizlarning jamiyatdagi örnini yanada yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Mahallaning işbilarmon ayoli” tanlovi esa fidoyi ayollarni kaşf etiş va ularning taşabbuslarini rağbatlantirişda samarali maydon bölib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?