Mirzo Uluğbek tumanidagi sayyor qabulda 142 ta murojaat joyida hal etildi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toşkent şahar va Mirzo Uluğbek tuman Kengaşlari tomonidan aholi uçun navbatdagi “Sayyor qabul” taşkil etildi.
Qabulda 200 nafardan ortiq fuqaro iştirok etib, ularning murojaatlari körib çiqildi. Jami 142 ta murojaat joyida hal etildi.
Sayyor qabuldan oldin mahallalardagi 1000 dan ortiq xonadon örganilib, ehtiyojmand oilalar, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan fuqarolar holidan xabar olindi.
Tadbir davomida eşitiş moslamalari, davolaniş uçun yöllanmalar topşirildi, işsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi hamda bir qator oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon va maişiy jihozlar körinişida amaliy yordam körsatildi.
Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida hal etiş, inson qadrini uluğlaş va xalq bilan oçiq muloqotni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.