Namanganda işbilarmon ayollar saralanmoqda
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining Namangan şahar, Yangi Namangan va Davlatobod tuman bosqiçlari bölib ötdi.
Tanlovda hunarmandçilik, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, tikuvçilik va işlab çiqariş sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar öz mahsulotlari va loyihalarini namoyiş etdi.
Iştirokçilarning taşabbuskorligi, tadbirkorlikdagi yutuqlari, yaratgan iş örinlari va mahsulotlari sifati hakamlar tomonidan baholandi. Yakunlarga köra, eng faol iştirokçilar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlanganidek, bunday tanlovlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş, ularning biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ilğor tajribalarini ommalaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.