Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Namangandagi sayyor qabulda 12 nafar fuqaro ishga joylashdi

17.09.2026 75
Namangandagi sayyor qabulda 12 nafar fuqaro ishga joylashdi

Namangan shahrida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 60 nafardan ziyod fuqaroning ishga joylashish, tadbirkorlik, kredit, moddiy yordam, ijtimoiy himoya, uy-joy, kommunal xizmatlar, tibbiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Muhimi, murojaatlar faqat qayd etib qolinmasdan, mutasaddilar ishtirokida joyida o‘rganildi. Natijada 35 ta murojaat sayyor qabulning o‘zida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ish izlayotgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar taklif qilindi va 12 nafar ishsiz fuqaroning bandligi shu joyning o‘zida ta’minlandi.
Qabul doirasida ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari ham o‘rganilib, ularga zarur jihozlar topshirildi. Bunday sayyor qabullar deputatlar va mas’ullarni aholiga yanada yaqinlashtirib, har bir murojaatga natija nuqtai nazaridan yondashish, muammoni joyida o‘rganish va imkoni boricha tezkor amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?