Yunusobodlik aholi uçun xususiy klinikada bepul tibbiy körik taşkil qilindi
ÖzLiDeP Toşkent şahar Kengaşi, Yunusobod tuman Kengaşi hamda “ANFA” klinikasi hamkorligida aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida bepul tibbiy körik tadbiri taşkil etildi. ÖzLiDeP Toşkent şahar Kengaşi, Yunusobod tuman Kengaşi hamda “ANFA” klinikasi hamkorligida aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida bepul tibbiy körik tadbiri taşkil etildi.
Tadbir Yunusobod tumani “Xusnobod” MFY hududida joylaşgan “ANFA” klinikasida bölib ötdi va unda deputatlar, partiya faollari, şifokorlar, nuroniylar hamda mahalla ahli iştirok etdi.
Aholi salomatligini mustahkamlaş, yurak-qon tomir, qandli diabet kabi kasalliklarning oldini oliş, onalar va bolalar soğliğini asraşga qaratilgan muhim vazifalar ijrosi ta’minlanayotgani ta’kidlandi. Fuqarolar uçun bepul tibbiy körik taşkil etilgani esa ularga katta yengillik yaratdi.