Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Olmazor tumanida “Işbilarmon ayol–2026” tanlovi ğolibi aniqlandi

08.07.2026 812
Olmazor tumanida “Işbilarmon ayol–2026” tanlovi ğolibi aniqlandi

"Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida Olmazor tumanida “Işbilarmon ayol–2026” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda faol tadbirkor xotin-qizlar öz biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etib, eng munosib iştirokçilar keyingi bosqiçga yöllanma oldilar.

Tanlov yakuniga köra 1-örinni “Kamola Diagnostik” klinikasi rahbari Kamola Zaripova qölga kiritdi. Uning ta’kidlaşiça, bu yutuq nafaqat katta e’tirof, balki kelgusida yanada mas’uliyat bilan işlaşga undaydigan işonç hamdir.

«“Işbilarmon ayol” tanlovi tadbirkor xotin-qizlar uçun öz tajribasini namoyiş etiş, yangi ğoyalar bilan örtoqlaşiş va öz ustida işlaşga kuçli rağbat beradi. Bugungi asosiy maqsadimiz aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat körsatiş, hududiy bosqiçda ham munosib iştirok etişdir», — deydi Kamola Zaripova.

Bunday tanlovlar xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, ularning yutuqlarini keng tarğib qiliş va yangi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?