Yangi Özbekiston taraqqiyotida yangi bosqiç
Keçadan beri butun dunyo iqtisodiyoti bilimdonlari, maşhur ekspert-mutaxassislar nigohi Buyuk Ipak yölining dovruqli manzillaridan biri, Markaziy Osiyoning azim şahri – Toşkentga qaratilgan. Albatta, keyingi yillarda uşbu nufuzli anjumanga qiziqiş yanada kuçaydi. Buning isboti – beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumida dunyoning 100 dan ortiq davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy mehmonlar qatnaşmoqda.
Davlatimiz rahbari forumdagi nutqida ta’kidlaganidek, “Özbekiston bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor bölgan, teng huquqli va özaro foydali şeriklikka tayyor investorlar uçun doimo oçiqmiz”. Jahon iqtisodiyotida öta oğir va ziddiyatli, vujudga kelgan murakkab şaroitda tadbirkorlar, jumladan, investorlar-ning ham huquq va erkinliklari işonçli himoya qilinayotgani tufayli Özbekiston jozibador bölib bormoqda.
E’tibor beraylik, xalqaro maqomdagi uşbu forumning “Investitsiyaviy barqarorlik: yangi marralar va yangi şeriklik” deb nomlanganining özi ramziy ma’noga ega. Beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi-Prezidentimiz Yangi Özbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi va investitsiya siyosatidagi ustuvor vazifalarni bosqiçma-bosqiç, atrofliça şarhlab berdi. Ortiq-izohga örin yöq.
Dunyo ahli körib, guvohi bölib turibdiki, mamlakatimiz xalqaro doiradagi barça investorlar uçun işonçli hamkorga aylanmoqda. Yurtimizga keyingi yillarda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy inves tisiyalar jalb qilingani, yalpi içki mahsulot hajmining jadal ösib, joriy yilda 180 milliard dollardan oşişi kutilayotgani iqtisodiyotimiz mutlaqo yangi bosqiçga kötarilayotganining amaliy tasdiği emasmi?
Davlatimiz rahbari oltita muhim yönalişni belgilab berar ekan, birinçi navbatda investorlar uçun huquqiy kafolatlarni kuçaytiriş masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş, xalqaro huquq tamoyillarini joriy etiş, mustaqil xalqaro tijorat sudini şakllantiriş hamda investorlar huquqlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan taşabbuslar mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşiradi.Ikkinçi muhim yönaliş sifatida kapital bozorini rivojlantiriş, IPO va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni keng joriy etiş belgilandi. Şuningdek, xususiylaştiriş jarayonlarini izçil davom ettiriş, sukuk obligatsiyalari dasturini yölga qöyiş va yangi sarmoya manbalarini jalb qiliş orqali iqtisodiyotga qöşimça moliyaviy resurslar kirib kelişi çun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Uçinçi va törtinçi yönalişlarda yuqori qöşilgan qiymatli sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş, strategik mineral resurslarni çuqur qayta işlaş, şuningdek, “yaşil” energetika va sun’iy intellekt sohalariga investitsiyalarni keng jalb etiş vazifalari ilgari surildi. Bu taşabbuslar iqtisodiyotning innovasion, yuqori texnologiyali işlab çiqarişlar va raqamli iqtisodiyotga ötiş jarayonlarini jadallaştiradi.
Beşinçi va oltinçi yönalişlar esa transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş hamda hududlarning investitsiya salohiyatini yuksaltirişga qaratildi. Yangi transport koridorlari, zamonaviy aeroportlar, logistika markazlari, Yangi Toşkent megapolisi va yirik infratuzilma loyihalari mamlakatimizni mintaqaning muhim iqtisodiy va tranzit markazlaridan biriga aylantirişi şubhasiz.
Qayta-qayta ta’kidlanganidek, mazkur forum va unda ilgari surilgan taşabbuslar Özbekistonning oçiq iqtisodiyot, qulay investitsiya muhiti va xalqaro hamkorlikka asoslangan taraqqiyot yölini qat’iy davom ettirayotganini körsatdi. Eng muhimi, jalb etilayotgan investitsiyalar aholi farovonligini oşiradi, yangi iş örinlari yaratişga zamin hozirlaydi va Yangi Özbekistonning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlaydi.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari