O‘zLiDeP deputatlari yangi maktabga 200 ta kitob sovg‘a qildi
Zarbdor tumanida joriy yilda yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida «Bir kunda 1000 kitob» aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari maktab kutubxonasiga 200 dona badiiy, ilmiy-ommabop va ta’limiy kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.
Tadbir davomida deputatlar va partiya faollari o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot qilib, kitobxonlikning ahamiyati, bilim olish va zamonaviy kasblarni egallash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdilar.
200 ta yangi kitob — maktab kutubxonasi uchun yana bir manba, yoshlar uchun esa yangi bilim va imkoniyatlar eshigidir.
O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» dasturi doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.