“O‘zLiDeP kubogi” sport musobaqalarida partiya a’zolari faol ishtirok etmoqda
Farg‘ona viloyatida ham “O‘zLiDeP kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan 1 261 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning futbol turi bo‘yicha Farg‘ona shahar bosqichida shahardagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zLiDePning Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash kerak, “O‘zLiDeP kubogi” sport musobaqalari partiya a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, partiya tashkilotlari faoliyatida sport va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan.