O‘zLiDeP kubogi uchun futbol musobaqasi o‘tkazildi
O‘zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashlari hamkorligida «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida «O‘zLiDeP kubogi» uchun futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa Mirobod tumanidagi 2-sonli sport maktabida bo‘lib o‘tib, unda partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari va sport maktabi vakillari ishtirok etdi. Qizg‘in va do‘stona kechgan bahslarda «Asia Kandi» MCHJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Gʻolib jamoaga «O‘zLiDeP kubogi», shuningdek, ishtirokchilarga medal, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoada hamjihatlik muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.