Payariqdagi sayyor qabulda 40 ta murojaat joyida yeçim topdi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Samarqand viloyatining Payariq tumanida sayyor qabul taşkil etildi. Unda partiya viloyat Kengaşi raisi Ilhom Botirov, mahalliy deputatlar hamda mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etib, aholi murojaatlarini tingladi.
Qabul jarayonida 100 dan ortiq murojaat körib çiqildi. Ular asosan kadastr, elektr energiyasi, içimlik suvi, gaz ta’minoti va ijtimoiy yordam masalalariga oid bölib, 40 dan ziyod murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Şuningdek, aholi bandligini ta’minlaş, yoşlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga öqitiş, yoş mutaxassislarni hududlarga jalb etiş böyiça takliflar muhokama qilinib, fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Bunday oçiq muloqotlar aholi muammolarini tezkor hal etiş, odamlarni öylantirayotgan masalalarga amaliy yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.