Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 09-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Qiziltepada 18 nafar xotin-qiz o‘z biznes g‘oya va tashabbuslarini namoyish etdi

07.08.2026 113
Qiziltepada 18 nafar xotin-qiz o‘z biznes g‘oya va tashabbuslarini namoyish etdi

Qiziltepa tumanida O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Galiya Rayxanova, partiya mas’ullari hamda tumanning turli mahallalaridan 18 nafar faol va tashabbuskor tadbirkor xotin-qiz ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini taqdim etishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Shahnoza Bobomurodovaga, 2 va 3 o‘rinlar esa Laylo Shuhratova hamda Ulash Shomiyevaga nasib qildi. Gʻolib va sovrindorlar partiyaning diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?