Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 10-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Samarqand turizmida ayollar imkoniyatlari kengaymoqda

10.11.2026 27
Samarqand turizmida ayollar imkoniyatlari kengaymoqda

Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan «Tadbirkor ayollar va turizm imkoniyatlari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Unda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning biznesini qo‘llab-quvvatlash va turizm sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov, universitet rektori Muhsinjon Xolmuhamedov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova ishtirok etdi.

Muloqot davomida milliy hunarmandchilik, mehmon uylari, milliy taomlar va madaniy turizmni rivojlantirishda ayollar ishtirokini oshirish, yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, viloyatda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?