Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Boshlang‘ich partiya tashkiloti — partiya faoliyatining muhim tayanchi

12.11.2026 44
Boshlang‘ich partiya tashkiloti — partiya faoliyatining muhim tayanchi

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari partiyaning xalq bilan bevosita muloqotini ta’minlaydigan, joylardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim bo‘g‘indir. O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi ijrosida quyi bo‘g‘in vakillari ham faol ishtirok etib, aholi murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda amaliy ishlarga hissa qo‘shmoqda.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Yakubov Buxoro shahridagi «Poykent Buxara» mehmonxonalar tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tayanch boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari bilan uchrashdi.

Muloqotda mazkur BPTning faoliyati, mehnat jamoasida partiya g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish, a’zolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari muhokama qilindi. BPT raisi Rustam Axmedov boshchiligida 30 nafardan ortiq a’zoni birlashtirgan tashkilotning faolligi va jamoadagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Baxtiyor Yakubov boshlang‘ich partiya tashkilotlari «Xalq bilan birga» dasturida belgilangan vazifalarni joylarda amalga oshirishda yanada faol bo‘lishi muhimligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar fikr va takliflarini bildirdilar, BPTning faol a’zolariga partiya tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?