Termiz şahridagi sayyor qabulda 56 murojaatga yeçim topildi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Termiz şahrida sayyor qabul taşkil etildi. Unda 150 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari körib çiqildi. Qabulda senatorlar, mahalliy Kengaş deputatlari, hokimlik va kommunal soha mutasaddilari iştirok etib, aholini qiynayotgan masalalarga yeçim izlandi.
Sayyor qabul davomida iş bilan ta’minlaş, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat, gaz, suv va elektr ta’minoti bilan boğliq murojaatlar tinglandi. Xususan, “Manguzar” mahallasida yaşovçi Zarina Qobilovaning nogironligi bölgan farzandi uçun maxsus aravaça ajratildi, “Namuna” mahallasi fuqarosi Fotima Roziqovaning gaz balloni böyiça murojaati ham joyida hal etildi.
Qabul yakunida 56 ta murojaat ijobiy hal etildi, qöşimça örganiş talab qiluvçi masalalar esa nazoratga olindi. Bunday oçiq muloqotlar aholi muammolarini tezkor hal qiliş, inson qadrini uluğlaş va xalq işonçini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.