Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Törtköldagi sayyor qabul: murojaatlar yeçim topmoqda

11.07.2026 600
Törtköldagi sayyor qabul: murojaatlar yeçim topmoqda

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Törtköl tumanida ötkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning içimlik suvi, elektr, gaz ta’minoti, ijtimoiy himoya, bandlik, tibbiy xizmat va imtiyozli kreditlarga oid murojaatlar muhokama qilindi. Murojaatlarning bir qismi şu joyning özida hal etildi, qöşimça örganiş talab etilgan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olindi.

Sayyor qabulda aholini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator amaliy işlarga qöl urildi. Jumladan, 5 nafar nogironligi bölgan fuqaroga aravaça, 5 nafar yoşga kontrakt tölovlari uçun kömak, 3 nafar xotin-qizga tadbirkorlikni boşlaş uçun maxsus peçlar, 2 nafar fuqaroga parrandaçilik uçun inkubator hamda 5 nafar keksaga sanatoriy yöllanmalari topşirildi. Şuningdek, 5 nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlandi.

Sayyor qabuldan söng Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati R. Mamutov nogironlik aravaçalari sörab murojaat qilgan fuqarolar xonadoniga taşrif buyurib, ularga aravaçalarni şaxsan topşirdi. Bu kabi amaliy yondaşuvlar aholi murojaatlarini tezkor hal etiş, manzilli kömak körsatiş va xalq bilan oçiq muloqotni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?