Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti talabalariga ÖzLiDeP stipendiyasi berildi

07.05.2026 991
Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti talabalariga ÖzLiDeP stipendiyasi berildi

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida ötkazilgan mazkur tadbirda ÖzLiDeP fraksiyasi a’zolari, talaba-yoşlar hamda institutning professor-öqituvçilari iştirok etdi. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad — yoşlarning fikr va taşabbuslarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yoşlar siyosati mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkazişdan iborat böldi.

Muloqot davomida ÖzLiDeP tomonidan amalga oşirilayotgan qator yangi taşabbuslar haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, dastur doirasida respublika böylab yoşlar iştirokida turli aksiyalar, oçiq muloqotlar, konferensiyalar, seminarlar va uçraşuvlar taşkil etilişi rejalaştirilgani qayd etildi. Şuningdek, “Kreativ tadbirkor yoşlar”, “Yoşlarning startap dasturlarini qöllab-quvvatlaş”, “IT va sun’iy intellekt yetakçilari” “Yoş fermerlar tajriba maktabi”, “Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” hamda “Yangi Özbekiston yoşlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” kabi taşabbuslar orqali innovasion ğoyalarga ega, zamonaviy fikrlaydigan va tadbirkorlikka qiziquvçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş maqsad qilingani ta’kidlandi.

Tadbirda yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, ta’lim, bandlik, startaplarni moliyalaştiriş, zamonaviy kasblarga öqitiş va ijtimoiy faollikni oşiriş böyiça qator takliflarini ilgari surdilar. Qayd etilganidek, partiya yoşlarning har bir konstruktiv taşabbusini qöllab-quvvatlaşga tayyor va bu borada amaliy mexanizmlar yanada kengaytiriladi.

Muloqot doirasida yana bir muhim taşabbus — ÖzLiDeP stipendiyasiga start berildi. Unga köra, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining faol va iqtidorli talabalariga partiya stipendiyasi topşirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur taşabbus kelgusida respublika miqyosida bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli yoşlarni rağbatlantirişga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida yoşlar bilan bunday oçiq muloqotlarni muntazam taşkil etiş, ularning taşabbus va ğoyalarini amaliyotga tatbiq etiş orqali mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada mustahkamlaş muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?