Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Xalq bilan birga: Böstonboşida sayyor qabulda fuqarolarga amaliy yordam körsatildi

13.10.2026 1164
Xalq bilan birga: Böstonboşida sayyor qabulda fuqarolarga amaliy yordam körsatildi

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi muammolarini joyida örganiş va fuqarolar murojaatlariga amaliy yeçim topiş maqsadida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengaşi tomonidan Buloqboşi tumanidagi 3-umumta’lim maktabida sayyor qabul taşkil etildi. Unda mahalliy Kengaş deputatlari, mutasaddi taşkilotlar vakillari hamda tumandagi 37 ta mahalladan 158 nafar fuqaro iştirok etdi.
Sayyor qabul davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga manzilli yordam körsatildi. Jumladan, “Buyuk Turon” mahallasida yaşovçi Şerzod Badriddinovga elektron boşqaruvli nogironlik aravaçasi, “Şarq yulduzi” mahallasida istiqomat qiluvçi Nihola Tölanovaga esa maxsus matras topşirildi.
Şuningdek, yana 6 nafar fuqaroga korsetlar, eşitiş moslamalari, qöltiqtayoqlar va boşqa zarur tibbiy vositalar berildi. Yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Neftçilar” mahallasida yaşovçi Hadiça Qodirovaga 7 million 728 ming sömlik, “Çopar” mahallasida istiqomat qiluvçi Muslima Mahmudovaga esa 2 million 746 ming sömlik ta’lim kontraktini tölaş uçun vauçerlar ajratildi. Bundan taşqari, yana 3 nafar yoşga haydovçilik guvohnomasini oliş xarajatlari uçun har biri 1 million 648 ming sömlik vauçerlar topşirildi.
Qabulda ijtimoiy himoya, tibbiy yordam, bandlik, ta’lim, moddiy kömak va hujjatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq boşqa masalalar ham körib çiqildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi. Bunday sayyor qabullar aholi bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, insonlarning kundalik hayotidagi muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularga amaliy yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?