Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 19-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Xalq bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim

16.07.2026 24
Xalq bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent tumanidagi “Bunyodkor” MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Atham Nazirqulov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati To‘lqinjon Fayziyev, mahalliy Kengash deputatlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda 128 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, 28 dan ziyod murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 21 ta masala joyida hal etildi, 7 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Qabul davomida kanalizatsiya va yo‘l xavfsizligi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yerdan foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Bunyodkor MFYning “Tinchlik” ko‘chasida 700 metrlik kanalizatsiya tarmog‘ini tortish va svetofor o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi, kadastr hujjatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “Bravo Mebel” MCHJ rahbarining ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli kredit ajratish haqidagi murojaati yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Qabulda ko‘tarilgan barcha murojaatlar tegishli mas’ul tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?