Xivada aholi muammolariga joyida yeçim topildi
Xorazm viloyatining Xiva şahrida ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul taşkil etildi. Unda 200 nafarga yaqin fuqaro iştirok etib, 74 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning yarmidan ortiği joyida hal etilgan bölsa, 31 ta murojaat yuzasidan huquqiy tuşuntiriş va amaliy maslahatlar berildi.
Sayyor qabul davomida ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 5 nafar ehtiyojmand oilaga maişiy texnika vositalari topşirildi. Jumladan, “Qiyot” mahallasida yaşovçi Mohira Allaberganovaga tikuv maşinasi berildi va bu uning tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi uçun muhim imkoniyat yaratdi.
Tadbirda xotin-qizlar va yoşlar bandligini ta’minlaş, ularni tadbirkorlikka jalb etiş va kasb-hunarga örgatiş masalalari ham muhokama qilindi. Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etiş, inson qadrini uluğlaş hamda xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.